Agarda arizada ko’rsatilgan qaytarish sababi mahsulotning haqiqiy muammosiga mos kelsa, u qaytarilb olinadi.
Mahsulotga talablar
Tegishli sifatga ega mahsulotni quyidagi hollarda qaytarish mumkin:
- undan foydalanilmagan;
- uning tovar ko’rinishi va iste’mol xususiyatlari saqlangan;
- mahsulotni to’liq to’plamida qaytarmoqdasiz;
- ishlab chiqaruvchi qadog’i butun, barcha plombalar va yorliqlar joyida.
Smartfon, noutbuk, planshet va smart soatni qaytarishdan avval uni blokdan chiqaring hamda ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytaring. Tegishli sifatga ega zargarlik buyumini faqat yorlig’i va unikal identifikatsiya belgisi bilan qaytarish mumkin.
Qadoqlashga talablar
Qaytarish sababi va mahsulot turiga bog’liq:
- tegishli sifatga ega mahsulot faqat butun holatdagi ishlab chiqaruvchi qadog’ida, barcha plombalar va yorliqlari joyida bo’lgandagina qabul qilinadi.
- Tegishli sifatga ega bo’lmagan mahsulotni qadoqsiz qaytarish mumkin. Agar sizda mahsulot qutisi, plyonka yoki boshqa qadoqlash materiallari saqlanib qolgan bo’lsa, ularni qo’llang.
Mahsulotni berib yuborish
Topshirish punkti orqali
Topshirish punkti xodimiga shtrixkodni ko’rsating yoki uning raqamini ayting — ularni Qaytarilgan mahsulotlar bo’limidan topish mumkin. Agarda siz servis markaziga murojaat qilib, mutaxassis xulosasini olgan bo’lsangiz, xulosani topshirish punkti xodimiga berib yuboring.
Topshirish punktiga qaytarish haqida batafsil
Kuryer orqali
Qaytariladigan mahsulotni kuryerga berib yuboring.
Kuryer orqali mahsulotni qaytarish haqida batafsil
Hamkor yoki sotuvchi mahsuloti
Sizga pasport kerak bo’ladi. Kerakli hujjatlarning to’liq ro’yxati siz mahsulotingizni qaytarayotgan tashuvchi kompaniyaga bog’liq.
Sotuvchi tashuvchi kompaniya nomini qaytarish arizasida ko’rsatib o’tishi yoki mahsulotni mustaqil tarzda olib ketishini yozishi mumkin. Agarda sotuvchi hech narsa yozmagan bo’lsa, siz mahsulotni istalgan tashuvchi kompaniya orqali yuborishingiz yoki uni belgilangan manzilga mustaqil tarzda yetkazib berishingiz mumkin.
Agarda siz nuqsonli mahsulotni qaytarayotgan bo’lsangiz yoki sizga boshqa mahsulot berib yuborilgan bo’lsa, qadoqlash va qaytarib yuborishga ketgan xarajatlar aks ettirilgan chekni saqlab qo’ying. Chek surati yoki skaner tasvirini qaytarish arizasiga biriktirib qo’ying — qaytarilgan mahsulotni olgandan so’ng sotuvchi mazkur xarajatlarni qoplab beradi.
Sotuvchi yoki hamkor orqali yetkazib berilgan mahsulotni qaytarish haqida batafsil
Agarda siz Rossiyadan tashqarida bo’lsangiz