Buyurtmani olgandan keyin toʻlash — tovarlarni buyurtmani topshirish punktiga buyurtma qilib, ularni olganda faqat oʻzingizga mos kelganlarini xarid qilish imkoniyati.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash imkoniyati barcha foydalanuvchilar uchun mavjud boʻlmasligi mumkin. Buyurtmani olgandan keyin toʻlash sharti bilan qancha koʻp tovar xarid qilsangiz, bunday buyurtmalar uchun limitingiz shuncha oshadi.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash imkoniyati Ozon buyurtmalarni topshirish punktlariga buyurtma berilganda mavjud boʻlib, aksariyat tovarlarga tatbiq etiladi.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash sharti bilan rasmiylashtirish
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash imkoniyati Keyingi to’lov belgisi boʻlgan tovarlar uchun mavjud.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash sharti bilan rasmiylashtirish uchun:
-
Savatga Keyingi to’lov belgisi boʻlgan tovarlarni qoʻshing.
-
Toʻlov usuli boʻlimida pul yechib olinadigan kartani tanlang va Olgandan keyin toʻlash tugmasini bosing.
Agar yangi karta orqali toʻlayotgan boʻlsangiz, karta maʼlumotlarini kiriting. Keyingi buyurtmalarni to‘lash uchun kartani saqlashni istasangiz, Kartani eslab qolish bandini belgilang.
Kartalarni biriktirish va ulardan foydalanish shartlari haqida batafsil
Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin uni olgandan soʻng toʻlash usulini oldindan toʻlashga yoki aksincha oʻzgartirib boʻlmaydi.
- Buyurtmani rasmiylashtirish tugmasini bosing.
Agar buyurtmani olgandan keyin toʻlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, buyurtma uchun boshqa mavjud usulda toʻlashingiz mumkin.
Buyurtma uchun topshirish punktida toʻlash
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash sharti bilan olishdan avval toʻlov uchun tanlangan kartada yetarli mablagʻ borligiga ishonch hosil qiling.
Agar buyurtmani topshirish punktida kiyib koʻrish xonalari boʻlsa, kiyim va poyabzallarni kiyib koʻrishingiz mumkin.
Kiyim va poyabzallarni kiyib koʻrish haqida batafsil
Qolgan tovarlarni buyurtmani topshirish punkti xodimi ishtirokida stol ustida tekshiring. Agar tovarda himoya plombasi, ip, slyuda yoki blister yoxud zavod qadogʻi ustidan qoʻshimcha qadoq boʻlsa, bunday tovarni faqat toʻlovdan keyin ochish mumkin.
Buyurtmani topshirish punkti xodimiga qaysi tovarlarni xarid qilmoqchi ekaningizni ayting.
Ushbu tovarlar uchun toʻlov buyurtmani rasmiylashtirishda tanlagan kartangizdan yechib olinadi.
Buyurtmani topshirish punktida toʻlov qilishda toʻlov kartasini oʻzgartirishingiz yoki balansni toʻldirishingiz kerak boʻlishi mumkin.
Oʻzingiz bilan Ozon shaxsiy kabineti va mobil bankingizga kirish imkoniyati mavjud boʻlgan smartfon yoki boshqa qurilmani olib yurishni tavsiya qilamiz.
Agar toʻlov qilingan tovar sizga mos kelmasa, [qaytarish uchun ariza]rasmiylashtiring. Buyurtmani topshirish punktida undan voz kechib boʻlmaydi.
Biriktirilgan kartani oʻzgartirish
Buyurtma sahifasida toʻlov uchun tanlagan kartangiz koʻrsatiladi.
Kartani oʻzgartirish tugmasini bosing va boshqa saqlangan kartani tanlang yoki yangi karta qoʻshing.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash usulini oldindan toʻlashga yoki aksincha oʻzgartirib boʻlmaydi.
To‘lov vaqtidagi xatolar
Agar buyurtma uchun tanlangan kartada mablagʻ yetarli boʻlmasa yoki karta Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan boʻlsa, toʻlov amalga oshmasligi mumkin.
Balansni toʻldiring yoki kartani oʻzgartiring. Buyurtmani topshirish punktida saqlash muddati tugaguncha buyurtmani xarid qilishingiz mumkin.
Elektron chek
Elektron cheklar toʻlov amalga oshirilgandan soʻng shaxsiy kabinetdagi Buyurtma hujjatlari boʻlimida yoki buyurtma sahifasidagi Buyurtma hujjatlari blokida paydo boʻladi.
Qaytarish
Agar toʻlovdan keyin tovarni qaytarmoqchi boʻlsangiz, shaxsiy kabinetda qaytarish uchun arizarasmiylashtiring.
Buyurtmani olgandan keyin toʻlash sharti bilan xarid qilingan tovarlar uchun pul buyurtma toʻlangan bank kartasiga qaytariladi.
Pulni qaytarish haqida batafsil
Pul bank kartasiga qaytarilishidan oldin mablagʻlar balansingizga oʻtkaziladi.
3 kun ichida pul buyurtma uchun toʻlov qilingan kartaga yuboriladi. Pulning kartaga kelib tushish muddati bankka bogʻliq.