Ozon resurslarida joylashtirilgan kontent siyosati

2024 yil 13 noyabrdagi tahrir.

Ozon resurslarida joylashtiriladigan Kontentga oid mazkur Siyosat (keyingi o‘rinlarda «Siyosat» deb yuritiladi) Ozon yoki Foydalanuvchilar tomonidan har qanday Ozon resurslarida joylashtiriladigan barcha Kontentga nisbatan qo‘llaniladi, agar bunday resurslardan foydalanish qoidalari bilan bevosita boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa. Siyosat Kontentni e’lon qilish qoidalari va shartlarini hamda undan keyingi foydalanish tartibini belgilaydi.

Ozon«Internet yechimlari» MCHJ yoki u bilan afillangan har qanday yuridik shaxs.

Ozon resurslari (Resurslar) — mutlaq huquqlari Ozon kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yoki boshqa qonuniy asoslarda Ozon tomonidan foydalaniladigan va nazorat qilinadigan har qanday saytlar va mobil ilovalar, shuningdek, istalgan ijtimoiy tarmoqlardagi, Telegram kanallaridagi rasmiy akkauntlar va hamjamiyatlar.

Foydalanuvchi — Resurslarga har qanday tashrif buyuruvchi, shu jumladan Tekshirishdan o‘tgan va Ozon ID-dan Ozon ID-dan fopydalanish shartlari ga muvofiq foydalanadigan shaxs, Ozon Platformasida tovarlar Sotuvchilari uchun Shartnoma da belgilanganidek Sotuvchi va boshqalar. Agar Foydalanuvchi Kontentni joylashtirishda ishtirok etmasa, u holda Siyosat unga nisbatan u, boshqa Foydalanuvchilar yoki boshqa uchinchi shaxslar tomonidan Ozonda joylashtirilgan Kontentdan foydalanish tartibini belgilash qismida qo’llaniladi.

Kontent — Foydalanuvchilar, Ozon yoki, tegishli Resurs funksionali bilan nazarda tutilgan taqdirda, boshqa uchinchi shaxslar nashr etadigan, joylashtiradigan yoki boshqa yo‘l bilan Resurslarda uchinchi shaxslar tomonidan ko‘rish huquqini beradigan har qanday kontent. Kontent intellektual faoliyat natijalarini va individuallashtirish vositalarini (Intellektual mulk ob’yektlari) o‘z ichiga olishi/ifodalashi mumkin, fuqarolar/jismoniy shaxslarning suratlarini o‘z ichiga olishi mumkin, jumladan, cheklanmagan tarzda sharhlar, fotosuratlar, videolar, tasvirlar, onlayn-eshittirishlar, matnlar, tavsiflar, shriftlar, logotiplar, piktogrammalar va boshqalar.

Sotuvchi tomonidan joylashtirilgan Kontent Ozon sayti (https://ozon.ru/, https://ozon.by/ va boshqalar) kabi Ozon resurslari yoki xaridorlar uchun Ozon mobil ilovalari orqali yuklab olish mumkin emas va faqat Sotuvchilar uchun m ‘ljallangan Ozon Platformasi yoki Ozon Live xizmat interfeysi orqali yuklab olinishi mumkin.

Ozon bevosita Foydalanuvchilar tomonidan yoki ularning ruxsati bilan Ozon tomonidan joylashtirilgan Kontentning to‘g‘riligi, ishonchliligi va dolzarbligini tekshirmaydi. Ozonga Kontentni joylashtirish uchun taqdim etuvchi Foydalanuvchilar Ozon va uchinchi shaxslar, shu jumladan davlat idoralari oldida bunday Kontentning mazmuni uchun to‘liq javobgar bo‘ladilar va uchinchi shaxslar tomonidan Ozonga har qanday e’tirozlar, daʼvolar yoki talablar qo‘yilgan taqdirda, Ozonga ko‘rsatilgan shaxslarning bunday e’tirozlari, da’volari yoki talablari bilan bog‘liq holda Ozon ko‘rgan yoki kelajakda ko‘rishi mumkin bo‘lgan barcha zararlarni qoplab berish majburiyatini oladilar.

Foydalanuvchilar tomonidan joylashtiriladigan Kontent Foydalanuvchi kontenti sifatida belgilanadi. Ozon tomonidan joylashtiriladigan Kontent, jumladan, Foydalanuvchining ruxsati bilan, Ozon Kontenti sifatida belgilanadi.

Foydalanuvchi Kontentiga, shuningdek, quyidagi Kontent toifalari kiradi:

Savol — Foydalanuvchi tomonidan Ozon sayti (https://ozon.ru/, https://ozon.by/ va h.k.) funksionalidan foydalangan holda shunday saytda taqdim etilgan tovar haqida qoldirilgan savol.

Izoh — Ozon sayti (https://ozon.ru/, https://ozon.by/ va h.k.) funksionalidan foydalangan holda, bunday saytda taqdim etilgan tovar haqida Foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan izoh.

Javob — bu Ozon sayti (https://ozon.ru/, https://ozon.by/ va h.k.) funksionalidan foydalangan holda Foydalanuvch tomonidan qoldirilgan Savolga javobi.

Sharh — Ozon sayti (https://ozon.ru/, https://ozon.by/ va h.k.) funksionalidan foydalangan holda qoldirilgan Foydalanuvchi tomonidan bunday saytda taqdim etilgan tovar haqidagi sharh.

Mazkur Siyosatda boshqa atamalar, agar Siyosatda boshqa qoidalar bevosita ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligida belgilangan ma’nolarga muvofiq foydalaniladi.

Tekshirishdan o‘tish, Ozon ID Foydalanish shartlari da belgilanganidek, Ozon resurslaridan foydalanish, Foydalanuvchi Kontentini joylashtirish, keyinchalik nashr qilish uchun Ozonga Kontentni yuborish (xususan, @ozon.ru domeniga ega elektron pochta manzillariga) yoki Ozonga Foydalanuvchi Siyosatga o‘z roziligini bildirgan deb qabul qilishi uchun asos beradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi Siyosat bilan tanishib chiqqanligini va uning shartlarini to‘liq va istisnosiz qabul qilganligini tasdiqlaydi, shuningdek, bunday shartlarga rioya qilish majburiyatini oladi.

Sotuvchilar Ozon Platformasi orqali ular tomonidan sotiladigan tovarlarga tegishli Kontentni mustaqil ravishda yuklaydilar va bunday Kontent uchun javobgar bo‘ladilar. Foydalanuvchilar mustaqil ravishda o‘zlarining izohlari, baholari, sharhlari va boshqa Kontentni turli Resurslar yordamida yuklaydilar va buning uchun javobgar bo‘ladilar.

Alohida Resurslarning (masalan, Ozon Bestseller) ishlash xususiyatlari Foydalanuvchilar tomonidan Resurslarda keyinchalik nashr qilish uchun Ozonga Kontentni yuborishni (shu jumladan elektron pochta orqali) nazarda tutishi mumkin. Qayd etilgan hollarda, bunday Kontent uchun barcha javobgarlik Kontentni Ozonga yuborgan Foydalanuvchilar zimmasiga tushadi.

Ozon Resurslariga kirish dunyoning turli mamlakatlaridan amalga oshirilishi mumkinligi sababli, Kontentni joylashtirish/yuklash/nashr qilish/yuborishda Foydalanuvchilar bunday yurisdiktsiyalarda amal qiluvchi qonunchilik talablarini hisobga olishlari va ularga rioya qilishlari shart.

Ozon:

  • Istalgan vaqtda Foydalanuvchi Kontentini moderatsiya qilish huquqiga ega va Ozon resurslarida nomaqbul va taqiqlangan Foydalanuvchi Kontentini uning aniqlanishiga ko‘ra ogohlantirishsiz bloklashi, o‘chirib tashlashi mumkin.
  • Tegishli Resurslarni monetizatsiyalash Foydalanuvchilarning nomaqbul yoki yo‘l qoyilmaydigan xatti-harakatlarini rag‘batlantirmasligi uchun zarur himoya choralarini mustaqil ravishda belgilaydi va ta’minlaydi.
  • Siyosatda ko‘rsatilgan taqiqlarni bevosita yoki bilvosita buzishi mumkin bo‘lgan yoki Ozon tomonidan axloqsiz, yo‘l qo‘yilmaydigan yoki amaldagi qonunchilikni buzuvchi deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday izoh va boshqa Kontentni o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • Foydalanuvchi tomonidan mazkur Siyosat shartlari buzilgan taqdirda, taqiqlangan, axloqsiz, nomaqbul yoki qo‘llaniladigan qonunchilikni buzuvchi Foydalanuvchi Kontentini tarqatgan Foydalanuvchiga ogohlantirishsiz har qanday cheklovlarni (shu jumladan hisob yozuvini blokirovka qilishni) qo’llash, Foydalanuvchining tegishli Resursning ma’lum funksiyalariga kirishini cheklash huquqini o’zida saqlab qoladi.
  • Tarqatilgan Foydalanuvchi Kontentida ma’muriy huquqbuzarlik belgilari yoki jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda, ma’lumotlarni, shu jumladan, tarqatilgan Foydalanuvchi Kontentining nusxasini huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
  • Siyosatni istalgan vaqtda bir tomonlama ravishda o’z xohishiga ko’ra maxsus ogohlantirishsiz o’zgartirishi mumkin. O’zgartirishlar saytning Sayt va ilovalardan foydalanish qoidalari bo’limida yangilangan tahriri joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Siyosat buzilganligidan xabardor boʻlgan har qanday Foydalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs Ozon qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan chat orqali Ozonga murojaatnoma yuborgan holda yoki Ozon yuridik manziliga bu haqda xabar berishi mumkin.

Joylashtirish taqiqlangan Foydalanuvchi Kontenti #

Resurslarda quyidagi turdagi Foydalanuvchi Kontentini joylashtirish taqiqlanadi:

Nafrat va adovat, terrorizm, ekstremizm tashviqoti

Nafrat va adovatni (milliy, irqiy, diniy va boshqa har qanday) qo‘zg‘ atishga qaratilgan, urushni targ‘ibot qilishga qaratilgan, shuningdek, quyidagilarni o‘z ichiga olgan Kontent e’lon qilish uchun taqiqlanadi:

  • terroristik va ekstremistik faoliyatga chaqirish;
  • terrorizmni oqlash;
  • ekstremistik materiallarni tarqatish.

Ommaviy tartibsizliklarga yoki belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan ommaviy (jamoaviy) tadbirlarda ishtirok etishga chaqiriqlarni o‘z ichiga olgan materiallarni tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haqoratlar va tajovuz

Fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, kamsitishga qaratilgan, fuqaro yoki bir guruh fuqarolarni haqoratlashni o‘z ichiga olgan Kontentni chop etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagi belgilar bo‘yicha haqoratlarni o‘z ichiga olgan Kontent taqiqlanadi:

  • jinsi,
  • yoshi,
  • mansub irqi yoki millati,
  • tili,
  • kasbi,
  • yashash va ish joylari;
  • dini,
  • siyosiy e’tiqodi;
  • tashqi ko’rinishi,
  • boshqa belgilar.

Kamsituvchi, mensimaslik, tajovuzkor tarzdagi izohlar, shuningdek, kamsituvchi tarzda muomala qilish, qo’rqitish, tajovuzkor ta’qibga yoki bunday harakatlar (“bezorilik”)ni sodir etishga chaqirish. Muvofiqlashtirilgan ta’qiblar, odobsiz so‘zlardan foydalanish. Fuqaroning obro‘siga putur yetkazadigan va fuqaroni jinoyat sodir etishda ommaviy ayblash bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilish taqiqlanadi.

Quyidagilarga nisbatan hurmatsizlikni o’z ichiga olgan ma’lumotlarni e’lon qilish taqiqlanadi:

  • jamiyat,
  • davlat,
  • rasmiy davlat ramzlari;
  • Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi;
  • davlat hukumtini amalga oshiruvchi organlar.

Haqoratlarga quyidagilar kirmaydi:

  • tovarga, boshqa jonsiz narsalarga yoki vaziyatga qaratilgan adabiy haqoratlashlar;
  • xaridorning tovar haqidagi shaxsiy fikri.

Jinsiy xarakterdagi Kontent, pornografiya

Jinsiy va erotik mazmunli, shu jumladan pornografiyani o‘z ichiga olgan har qanday Kontent, shuningdek, pornografiya targ‘iboti, o’zining yoki boshqa shaxsning intim hayotiga taalluqli ommaviy bayonotlar, muallifning o‘zi va uchinchi shaxslarga tegishli har qanday ochiq xabarlar, erotik tusdagi takliflar (aniq yoki yashirin) – yo‘l qo‘yilmaydi va ularni o‘chirib tashlash kerak. Tananing intim qismlari yoki jinsiy sahnalarni ko’rsatadigan Kontent taqiqlangan. Bunday tasvirlar taqiqlangan tana qismlarini to’liq yoki aniq tasvirlashni istisno qiladigan belgilar bilan yopilgan bo’lishi kerak.

Intim tovarlar faqat o‘zlari ko‘rishni istagan voyaga yetgan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi. Shu sababli, agar video, fotosurat yoki intim tovarning boshqa tasvirida tananing intim qismlari yoki jinsiy sahnalar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday tasvirlar taqiqlangan tana qismlarini to’liq yoki aniq tasvirlashni istisno qiladigan belgilar bilan yopilishi kerak.

Bu turdagi Kontentga quyidagi fotosuratlari yoki videolari kirmaydi:

  • «18+» toifasidagi tovarlar;
  • hayvonlarning jinsiy a’zolari ko‘rinadigan.

Zo‘ravonlik va shafqatsizlikka sig‘inish, hayot va sog‘likka zarar yetkazish

Zo‘ravonlikka sig‘inishni targ‘ib qiluvchi, shafqatsizlik va azob-uqubatlarga solishni normallashtiradigan yoki ulug’laydigan, dahshatga soluvchi, shuningdek, hayot va sog’likka zarar yetkazishga chaqiruvchi yoki targ‘ib qiluvchi sahnalarni o’z ichiga olgan Kontentga yo’l qo’yilmaydi, xususan:

  • odam yoki hayvonning zo’ravonlik bilan o’ldirilishi, odam yoki hayvon qoldiqlari tasvirlari;
  • operatsiyalarni, qonli yaralarni ko’rsatish;
  • odam yoki hayvonning sog’lig’i va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli harakatlarni ko’rsatish;
  • jismoniy og‘riq, odam yoki hayvonning sog‘lig‘iga zarar yetkazish yo’llari va usullarini namoyish qilish yoki tavsiflash;
  • o‘z joniga qasd qilish usullari, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvlar haqidagi Kontent;
  • taom iste’mol qilishning buzilishini rag‘batlantiruvchi tarkib.

Voyaga yetmaganlarning xavfsizligiga tajovuz qilish

Voyaga yetmaganlarning xavfsizligiga tajovuz soladigan, shuningdek, voyaga yetmaganlarning ruhiy iztirobiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan quyidagi Kontent taqiqlanadi:

  • voyaga yetmaganlarni ularning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga yoki boshqa shaxslarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga tahdid soladigan qonunga xilof yoki boshqa harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqacha tarzda jalb qilishga qaratilgan;
  • voyaga yetmaganlarning nomusiga tegish, voyaga yetmaganlarning jinsiy aloqasi, voyaga yetmaganlarning yalang‘ochligini ko‘rsatuvchi, oqlovchi yoki targ‘ib qiluchi;
  • voyaga yetmaganlarga nisbatan shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, shu jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sahnalarini namoyish qiluvchi.

Qonunni buzish, jinoyat sodir etish

Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligini buzadigan, jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etish uchun foydalaniladigan va firibgarlik va aldamchi harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan har qanday kontentni nashr etish taqiqlanadi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda:

  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, yangi xavfli psixofaol moddalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish yo’llari, usullari, ularni olish joylari, tarkibida giyohvandlik moddalari bo’lgan o’simliklarni yetishtirish usullari va joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetkazadigan, jamoat tartibini va (yoki) jamoat xavfsizligini ommaviy ravishda buzish tahdidini yoki hayotni ta’minlash obyektlari, transport yoki ijtimoiy infratuzilma, kredit tashkilotlari, energetika, sanoat yoki aloqa obyektlari, chet el agentlarining ko‘rsatilgan ma’lumotlar yoki materiallarga kirish imkonini beruvchi axborot materiallari va ularga kirishga ruxsat beruvchi ma’lumotlarning ishlashiga xalaqit berish yoki ularning faoliyatini to‘xtatish tahdidini yuzaga keltiradigan, ishonchli xabarlar niqobi ostida tarqatilayotgan, tasdiqlanmagan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni o’z ichiga olgan Kontent.

Sotish va masofadan sotish taqiqlangan tovarlar

Sotish taqiqlangan yoki masofavadan turib sotish taqiqlangan tovarlarni sotib olish/sotish bo’yicha takliflarni, shuningdek, bunday tovarlarni reklamasini o’z ichiga olgan Kontentni joylashtirish, taqiqlanadi.

Uchinchi shaxslar saytlariga havolalar

Quyidagilarni joylashtirish taqiqlanadi:

  • uchinchi shaxslar saytlariga havolalar (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarga havolalar);
  • zarar yetkazuvchi havolalar yoki dasturlarni o’z ichiga olgan kontent;
  • Ozondan tashqarida tovarlar va xizmatlarni sotib olish takliflari;
  • treninglar, mahorat darslari, seminarlar va boshqa shunga o’xshash tadbirlar, Ozon yoki uchinchi shaxslar tomonidan, lekin Ozon ruxsati bilan o’tkaziladigan tadbirlar bundan mustasno.

Uchinchi shaxslar saytlariga havolalarga quyidagilar kirmaydi:

  • “8 800” raqamlari bilan boshlanadigan ishonch telefonlari raqamlari;
  • tovarlarni taqqoslashda boshqa brendlarni eslatib o’tish;
  • Ozondagi boshqa sotuvchilarni eslatib o’tish;
  • boshqa xizmatlar va sotuvchilar bilan aniq nomlarni ko’rsatmasdan mavhum taqqoslash.

Boshqalar

Yuqorida qayd etilgan cheklovlarga qo’shimcha ravishda, quyidagilarni o’z ichiga olgan Kontentni nashr etish ham taqiqlanadi:

  • spam;
  • Ozon Resurslarida asossiz afzalliklarga ega bo’lish, Ozon Resurslari sozlamalarini chetlab o’tish yoki Ozon Resurslari funksiyalaridan bevosita maqsadli bo’lmagan tarzda, shu jumladan Ozon tomonidan bevosita ruxsat etilmagan usullarda foydalanish to’g’risidagi ma’lumotlar;
  • hayriya yig’ish yoki kraudfanding;
  • «klickbeyt» texnologiyalaridan foydalanadigan xabarlar (kliklar sonini ko’paytirish va Internet orqali materiallarning tarqalishini rag’batlantirish uchun shov-shuvli sarlavhalar);
  • «layklar», obunachilarni ko’paytirish bo’yicha xizmatlar va boshqa afzalliklar:
    • ijtimoiy tarmoqlarda,
    • veb-saytlarda,
    • bloglarda;
  • uyali aloqa operatorlariga ulanish xizmatlari;
  • litsenziyalangan dasturiy ta’minotni almashtirish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek mualliflik huquqi egasi tomonidan o‘rnatilgan raqamli uskunalar uchun texnik himoya vositalarining ishlashining buzilishi bo’yicha xizmatlar (masalan, proshivka, Unlock, Jailbreak);
  • qaroqchilikni muhokama qilish (masalan: buzish kirish dasturlari, kalit generatorlari, konsol emulyatorlari);
  • saylovlar va referendumlar to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taqiq va cheklovlarni buzadigan kontent;
  • davlat yoki qonun bilan alohida qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilish uchun foydalaniladigan kontent;
  • xorijiy agentlarning xabarlari va materiallarini o‘z ichiga olgan kontent, ushbu xabarlar va materiallar xorijiy agentlar tomonidan yaratilgan va (yoki) tarqatilganligini ko‘rsatmasdan;
  • uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlarini buzuvchi kontent;
  • mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni mualliflik huquqi egasining tegishli ruxsatisiz nashr etish;
  • Ozon bilan yozma roziliksiz auktsionlar va lotereyalar, savdolar, reklamalar, referal havolalar haqidagi foydalanuvchi kontenti;
  • uchinchi shaxslarning har qanday shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz yoki qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq boshqa qonuniy asosda o‘z ichiga olgan kontent (Foydalanuvchi Ozonning so‘roviga binoan bunday shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirishning qonuniyligini tasdiqlashni taqdim etishga majburdir);
  • qonun bilan taqiqlangan yoki uchinchi shaxslarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini buzuvchi har qanday boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kontent.

Sharhlar, izohlar, savol va javoblarni e’lon qilish qoidalari #

Sharhlarni e’lon qilish #

  1. Faqat tovarni sotib olgan va faqat shunday tovarga nisbatan Foydalanuvchilar (keyingi o’rinlarda “Mijoz” deb yuritiladi) tegishli tovarni sotib olgan kundan boshlab 180 kalendar kun ichida Sharhlarni qoldirishlari mumkin.

  2. Sharhlar moderator tomonidan tekshirilgandan so‘ng e’lon qilinadi.

  3. Tovarlar uchun Sharhlarni qoldirish bilan, Mijoz Ozon uchinchi tomon resurslarida Sharhlarni e’lon qilish huquqiga ega ekanligiga rozi bo‘ladi, shuningdek, boshqa Foydalanuvchilar tomonidan Sharhlarni erkin nusxalash imkoniyatini beradi.

  4. Sharh mazmuniga qo‘yiladigan talablar:

    4.1. Mijoz o‘zi sharh qoldiradigan tovarlarning xususiyatlariga e’tibor qaratishi kerak. Agar Mijoz nima uchun tovarni yoqtirgan yoki yoqmaganligini ko‘rsatsa Sharh boshqa Foydalanuvchilar uchun juda foydali bo‘ladi. Matn hajmi bo‘sh joylarni hisobga olgan holda uch ming belgidan oshmasligi kerak. Mijoz JPEG va/yoki PNG formatida 10 tadan ko‘p bo‘lmagan fotosurat va 5 daqiqagacha bo‘lgan 3 tadan ko‘p bo‘lmagan video yuklab olishi mumkin.

    4.2. Mijoz Sharhda mavjud bo’lgan intellektual faoliyat natijalaridan yoki individuallashtirish vositalaridan (jumladan, matn, chizmalar, fotosuratlar, video materiallar, tovar belgilari va boshqalar) foydalanishga bo’lgan mulkiy huquqlar unga tegishli ekanligini yoki mualliflik huquqi egasining roziligi bilan u tomonidan qonuniy ravishda foydalanilishini kafolatlaydi.

  5. Moderatorlar quyidagi mazmundagi Sharhlarni rad etadilar va e’lon qilmaydilar:

  • Beadab so’zlarni o’z ichiga olgan.

  • Mijozga ushbu tovar yoqmaganligining sabablari ko’rsatilmagan salbiy sharhlar.

  • Munozara boshlash yoki boshqa Foydalanuvchilarni xafa qilish maqsadiga ega bo’lgan.

  • Ko’p sonli leksik, imlo va boshqa xatolarni o’z ichiga olgan.

  • Lotin harflarida yozilgan.

  • Reklama xarakterli materiallarni o’z ichiga olgan (jumladan, telefon raqamlari, manzillar, boshqa saytlarga havolalar, boshqa tovarlar haqidagi rasm va videolar).

    Istisnolar:

    • “8 800” raqamlari bilan boshlanadigan ishonch telefonlari raqamlari;
    • tovarlarni taqqoslashda boshqa brendlarni eslatib o’tish;
    • Ozondagi boshqa sotuvchilarni eslatib o‘tish;
    • boshqa xizmatlar va sotuvchilar bilan aniq nomlarni ko‘rsatmasdan mavhum taqqoslash.
  • Film, kitob, CD yoki boshqa tovarni topish uchun so‘rovlarni o‘z ichiga olgan.

  • Izohlanayotgan tovar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa har qanday boshqa matn, rasmlar, video materiallarni o‘z ichiga olgan.

  • Boshqa saytlar yoki ommaviy axborot vositalaridan materiallarni o’z ichiga olgan.

  • Bir xil matn shablonlari yordamida tayyorlangan turli xil tovarlar uchun Sharh.

  • Uchinchi shaxslarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni (shu jumladan tovardan foydalanish yo’llarini) o‘z ichiga olgan.

  • Tovar bilan bog‘liq muammo haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

  1. Ozon e’lon qilingan Sharhlar mazmuni uchun javobgar emas, chunki ular Foydalanuvchilarning fikrlarini bildiradi va Ozon xodimlarining fikriga mos kelmasligi mumkin.

  2. Ozon intellektual faoliyat natijalari yoki individuallashtirish vositalarini o‘z ichiga olgan Sharhlarni mualliflik huquqi egalarining ruxsatisiz e’lon qilinishiga yo’l qo‘ymaslik uchun barcha oqilona choralarni ko’radi. Shu bilan birga, mualliflik huquqi egasidan tegishli ma’lumotlar bo’lmasa, Ozon Sharhlarda mavjud bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari yoki individuallashtirish vositalaridan foydalanish noqonuniy ekanligini bilmaydi va bila olmaydi.

  3. Agar mualliflik huquqi egasi tomonidan o‘ziga tegishli intellektual faoliyat natijalari yoki individuallashtirish vositalari tegishli ruxsatsiz Sharhga joylashtirilganligini aniqlangan bo‘lsa, u sayt sahifasini va (yoki) Sharh joylashtirilgan Internetdagi tarmoq manzilini koʻrsatgan holda yozma arizani elektron pochta manziliga claim@ozon.ru yuborishi shart. Ozon arizani qo‘llaniladigan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

  4. Sharhni tekshirish va e’lon qilish muddati - 7 ish kunigacha.

  5. Agar mazkur Siyosatga mos kelmaydigan Sharh aniqlansa, keyingi Mijozlarning Shar hlarini tekshirish muddati cheksiz muddatga uzaytirilishi mumkin.

  6. Ozon har qanday Sharhni istalgan vaqtda sabablarsiz va Sharh muallifi bilan oldindan kelishilmagan holda o‘chirib tashlash huquqini oʻzida saqlab qoladi.

  7. Sotuvchilarga o‘z tovarini va/yoki o‘zini sotuvchi sifatida ijobiy baholash va/yoki boshqa Sotuvchilar tomonidan sotilgan shunga o‘xshash tovarlarni va/yoki raqobatchi Sotuvchilarning faoliyatini salbiy baholash taqiqlanadi. Ozon bunday holatlarni mustaqil ravishda aniqlash, shu jumladan bilvosita dalillar asosida bunday Sharhlarni e’lon qilishdan olib tashlash va/yoki tegishli Sotuvchiga Sharhlarni qoldirishni butunlay taqiqlash huquqini o’zida saqlab qoladi.

  8. Mijoz Sharhlarni anonim tarzda yoki Ochiq ma’lumotlar bo’limida va profil tasvirini (avatar) ko‘rsatgan holda o‘z tovarlarini ko‘rsatgan holda e’lon qilishi mumkin. Agar Mijoz Sharhni anonim tarzda e’lon qilmasa, u mustaqil ravishda, Ozonning ishtirokisiz yoki roziligisiz bunday ma’lumotlarni noma’lum shaxslar doirasiga oshkor qiladi. Bunda, agar Sharh yoki profil Mijoz tomonidan yashirilmagan bo‘lsa, tegishli Sharh Mijozning [ommaviy profilida] (https://docs.ozon.ru/common/my-settings/social-profile) ham ko’rsatiladi. Ozon turli mavzulardagi tegishli ochiq profillar va Sharhlarni guruhlash va ularni boshqa Foydalanuvchilarga ko‘rish uchun taklif qilish huquqiga ega.

  9. Sharh Ozon qo’llab-quvvatlash xizmatiga yuboriladi, agar Mijoz unda quyidagilar to‘g‘risida xabar bergan bo‘lsa:

  • tovarning barcha qismlarini olmaganligi;
  • tovarlar shikastlanganligi;
  • tovar buyurtma qilinganidan farq qiladi: model, hajm va og‘irlik xususiyatlari va boshqalar mos kelmasligi;
  • tovarning yaroqlilik muddati tugaganligi;
  • tovar singan va uni ishlatish mumkin emasligi.

Sharhlarga izohlarni e’lon qilish #

  1. Sharhlarni e’lon qilish, agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuqorida ta’riflangan Sharhlarni e’lon qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Har qanday Foydalanuvchilar Tovarga buyurtma berganligidan qat’iy nazar, Izoh qoldirishlari mumkin.

  3. Izohning mazmuni bevosita Foydalanuvchi Izoh qoldiradigan tovar bilan bog’liq bo’lishi kerak.

  4. Sharhni tekshirish va e’lon qilish muddati — 30 kalendar kungacha.

  5. Mazkur Siyosatga mos kelmaydigan Izohlar moderator tomonidan rad etiladi va e’lon qilinmaydi.

Savol va javoblarni e’lon qilish #

  1. Savollar va javoblarni e’lon qilish, agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yuqorida ko’rsatilgan Sharhlarni e’lon qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Har qanday Foydalanuvchilar Savollar berishi mumkin, ularga esa faqat Mijozlar va bunday Mijozlar tomonidan sotib olingan mahsulotlarga nisbatan javob berishlari mumkin.

  3. Savol berayotgan Foydalanuvchi o‘zi turgan sahifadagi tovarga e’tibor qaratishi, shuningdek, faqat tovar, uning xossalari, xarakteristikalari va ishlash xususiyatlari haqida savollar berishi kerak.

  4. Moderator tomonidan quyidagilar rad etiladi va e’lon qilinmaydi:

  • Javobni talab qilmaydigan Savollar;
  • ma’lumotga ega bo‘lmagan yoki tovar bilan bog‘liq bo‘lmagan Savollar va Javoblar;
  • Ushbu Siyosatga mos kelmaydigan Savollar va Javoblar.

Foydalanuvchining ruxsati bilan Ozon tomonidan joylashtirilgan Kontent #

Agar Ozon Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan (masalan, ekspert xulosasi formatida) yoki mazmuni asosan Foydalanuvchi tomonidan yoki uning ishtirokida belgilanadigan (masalan, Bunday Foydalanuvchi bilan suhbat yoki “savol-javob” sessiyasi) quyidagi qoidalar qo’llaniladi:

  • Kontentni Ozonga har qanday aloqa vositasi orqali yuborish Foydalanuvchining ushbu Siyosat shartlari va qoidalariga muvofiq uning keyingi e’lon qilinishi/Resurslarda joylashtirilishiga roziligi hisoblanadi.
  • Foydalanuvchi Ozon e’lon qilishdan oldin ham, keyin ham oʻz xohishiga koʻra oʻzgartirishlar, qisqartirishlar kiritishi, Foydalanuvchi Kontentini toʻliq yoki qisman qayta ishlashi, uni boshqa materiallar (jumladan, uchinchi shaxslar Kontenti yoki Ozon Kontenti) bilan kompilyatsiya qilishi, uni qo’llaniladigan qonunchilikka zid bo’lmagan har qanday tarzda, shu jumladan anonim tarzda, ya’ni Foydalanuvchini muallif, suhbatdosh, ekspert va boshqalar sifatida ko’rsatmasdan foydalanishi mumkinligiga rozilik bildiradi va tan oladi va h.k., agar tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan bo’lsa.
  • Agar bunday Kontent uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, Foydalanuvchi shu bilan Ozonni bunday uchinchi shaxslarning amaldagi roziliklari yoki ularning shaxsiy ma’lumotlarini Resurslardagi Kontentning tarkibida joylashtirish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjudligiga ishontiradi. Foydalanuvchi, shuningdek, Ozonning talabiga binoan, bunday shaxsiy ma’lumotlarning Kontentning tarkibida joylashtirilishining qonuniyligining tasdig’ini taqdim etish majburiyatini oladi.
  • Agar Ozon Kontentni anonim bo’lmagan tarzda joylashtirsa (joylashtirishning texnik imkoniyatini ta’minlasa), u holda Foydalanuvchi faqat Ozon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq uni muallif, suhbatdosh, ekspert, ma’lum bir yuridik shaxsning xodimi/vakili va hokazo sifatida ko’rsatishni amalga oshirilishi va bunday ma’lumotlar uchinchi shaxslarning huquqlarini (xususan, shaxsiy nomulkiy huquqlarini) va Foydalanuvchining majburiyatlarini buzmasligiga rozilik bildiradi va tan oladi. Foydalanuvchi o’z ma’lumotlarini Ozonga Foydalanuvchi Kontentining tarkibida joylashtirish uchun taqdim etish orqali Foydalanuvchi mustaqil ravishda va Ozonning ruxsatisiz bunday ma’lumotlarni noma’lum sondagi shaxslarga oshkor qiladi va uning to’g’riligini kafolatlaydi.
  • Kontentni yuborish orqali Foydalanuvchi Ozonga Kontentdan butun dunyo bo‘ylab qonun bilan taqiqlanmagan har qanday usulda, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, uning Ozon Resurslarida joylashtirish orqali muddatsiz, bepul foydalanilishiga rozilik beradi.
  • Kontentni yuborish Foydalanuvchining Ozonga bunday Kontent/uning Resurslarda e’lon qilinishi amaldagi qonunchilikka muvofiqligi, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, sha’ni, qadr-qimmati va ishdagi obro‘siga putur yetkazmasligiga, Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni va uchinchi shaxslarning nomoddiy foydalariga nisbatan huquqlarni hech qanday tarzda buzmasligi, Ozonning ulardan foydalanishiga to’sqinlik qiladigan va e’tirozlar, sud da’volarini berish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarning biron bir yuklamalari/ huquqlaridan va talablaridan, ularni qo‘shgan lekin ular bilan cheklangan holda,holi ekanligi haqida kafolatlar berishini anglatadi.
  • Kontentni yuborish orqali Foydalanuvchi Ozonni Kontentdan foydalanish bilan bog’liq ravishda uchinchi shaxslarning intellektual, shaxsiy nomulkiy yoki boshqa huquqlari buzilganligi sababli Ozonga nisbatan daʼvo, shikoyat yoki boshqa e’tirozlar bilan murojaat qilish uchun qonuniy va haqqoniy asos boʻlishi mumkin boʻlgan qandaydir faktlardan xabardor emasligiga ishontiradi. Agar Ozon Kontentidan foydalanish unga qarshi qo’llanladigan qonunchilikni buzish yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzish bilan bog’liq bo’lgan, xususan, intellektual mulkka oid ob’yektlariga nisbatan davlat organlari va/yoki uchinchi shaxslarning (lekin yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda) e’tirozlari, daʼvolari va/yoki farmoyishlari uchun asos bo‘lsa, Foydalanuvchi Ozonning talabiga binoan darhol ikkinchisiga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish va Ozonga nizoni hal qilishda yordam berish majburiyatini oladi.

Siyosatda ko‘zda tutilgan har qanday kafolatlar va/yoki ishontirishlar buzilgan taqdirda, Foydalanuvchi uchinchi shaxslar tomonidan Ozonga Kontentdan foydalanish munosabati bilan berilgan da’volar bilan bog‘liq barcha zararlarni qoplash majburiyatini oladi.

Kontentni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, uchinchi shaxslar tomonidan keyinchalik tarqatilishi yoki boshqacha tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish