ozon.com da jismoniy shaxslar uchun tovarlarni sotish shartlari #
PDF formatida yuklab olingVerifikatsiya jarayonidan o’tish va ozon.com-da buyurtmalarni rasmiylashtirish bilan Mijoz quyida bayon etilgan Jismoniy shaxslar uchun tovarlarni sotish shartlari (Shartlar) ga rozilik bildiradi.
Shartlar Mijoz (siz), «Internet Yechimlari» MChJ (Ozon) va uz.ozon.com-da Buyurtmalarni rasmiylashtirish va bajarish bilan bog‘liq paydo bo’lgan Sotuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Iltimos, Buyurtmani rasmiylshtirishdan oldin Shartlarni diqqat bilan o’qing. Agar Shartlarning biron bir bandi bilan rozi bo’lmasangiz, Buyurtmani rasmiylshtirishni bekor qilishingiz mumkin.
Shartlarda bosh harf bilan ko’rsatilgan tushunchalar mavjud. Ularning ta’riflarini Shartlar ning oxiridan topasiz. Shartlar Sayt sahifalariga faol giperhavolalarga ega va Shartlarning ajralmas qismi bo’lgan bandlarni o’z ichiga oladi.
Shartlar Saytda e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.
Ozon istalgan vaqtda Shartlarni maxsus ogohlantirishsiz o’z xohishiga ko’ra bir tomonlama o’zgartirishi mumkin. O’zgarishlar yangilangan tahrir Saytda «Ozon xizmatlaridan foydalanish shartlari va rekvizitlar» bo’limida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1. Buyurtmani qanday rasmiylashtirish kerak #
1.1. Telefon raqami bo’yicha verifikatsiya qilish #
1.1.1. Verifikatsiya Ozondan foydalanish Shartlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi ID.
1.1.2. Mijoz login va parol, telefon raqami va individual kodlarini uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi. Mijozda o’z ma’lumotlarining xavfsizligi, begona shaxslar tomonidan ruxsatsiz ishlatilishi yuzasidan shubha tug’ilgan taqdirda, Mijoz zudlik bilan bu haqda Ozonni xabardor qilishi shart Ozon yoki Shaxsiy kabinetdagi Sotuvchi bilan chat orqali.
1.1.3. Verifikatsiyadan o‘tish bilan, Mijoz elektron pochta manziliga bir vaqtning o’zida yoki alohida-alohida (agar uni Shaxsiy kabinetida ko’rsatsa)/SMS-xabarlar/Push-bildirishnomalar/ilovalar/messenjerlar/boshqalar orqali ro’yxatdan o’tish va/yoki Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Mijoz tomonidan ko’rsatilgan telefon raqamiga, Buyurtmaning holati to’g’risida, yetkazib berish shartlari, Mijozning savatidagi va/yoki Mijoz tomonidan qo’shilgan «Saralangan» Tovarlar haqidagi mi’lumotlar to‘g‘risida servis xabarlarining yuborilishi, shuningdek fikr-mulohaza bildirish so’rovi bilan roziligini bildiradi. Texnik sabablarga ko’ra, Mijozning ushbu xabarlarni qabul qilishdan bosh tortishi mumkin emas.
1.1.4. Mijoz reklama xarakteridagi xabarlarni qabul qilishga roziligi bo’lgan taqdirda, Ozon Mijozga xabarlarni (SMS va/yoki Push-bildirishnomalar shaklida va/yoki smartfonlar uchun va/yoki telefon qo’ng’iroqlari uchun ilovalar va/yoki messenjerlar orqali va/yoki boshqa yo’l bilan Mijoz tomonidan ko’rsatilgan telefon raqamiga, elektron pochta manziliga) yuborish huquqiga ega.
1.2. Shartnoma tuzish #
1.2.1. Ushbu Shartlar, shuningdek Saytda taqdim etilgan Tovar to’g’risidagi ma’lumotlar, RF DK-ning 435-moddasi va 437-moddasining 2-qismiga muvofiq Ommaviy oferta hisoblanadi.
1.2.2. Buyurtmani rasmiylashtirishning oxirgi bosqichida «Onlayn to’lash»/«Buyurtma berish» tugmachasini bosish orqali Mijoz tanlangan Tovarlarni sotish shartlariga rozilini bildiradi. Ushbu harakatlarning bajarilishi Mijoz va Sotuvchi o’rtasida Shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Oldindan to’lov (kelajakdagi bitim uchun avans) shartlari bo’yicha Buyurtma berilgan taqdirda, Mijoz oldindan to’lovni amalga oshirgandan keyin 24 soat ichida Tovarni Mijozga topshirish imkonsizligi to’g’risida xabar olmasa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
1.2.3. Aksiyalar, tanlovlar va boshqa rag’batlantiruvchi tadbirlarning qoidalari Tovarni Buyurtma qilish va qaytarishga oid boshqa tartiblarni belgilashi mumkin. Bunday tadbirda ishtirok etishi Mijozning ushbu tartibga roziligini anglatadi.
1.3. Buyurtmani rasmiylashtirish #
1.3.1. Mijoz Buyurtmani mustaqil ravishda Saytda yoki mobil ilovada rasmiylashtiradi.
Batafsil bu yerda.
1.3.2. Mijoz Tovar sahifasida Sotuvchilardan birining taklifini tanlaydi.
1.3.3. Tovarlar to’g’risidagi axborot materiallari ma’lumotnoma ko‘rinishiga ega bo’lib, Tovarlarning xossalari va xususiyatlari, shu jumladan rangi, o’lchamlari va shakllari to’g’risida ishonchli ma’lumotlarni to’liq ochib bermaydi. Tovarning xossalari va xususiyatlari to’g’risida savollar tug’ilsa, Mijoz Buyurtma berishdan oldin Ozon yoki Sotuvchiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
1.3.4. Mijoz quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi:
(а) Mijoz yoki buyurtmani qabul qiluvchining F.I.О. va telefon raqami;
(b) Buyurtmani yetkazib berish manzili.
1.3.5. Buyurtmani yetkazib berish kutilayotgan sana-Mijoz buyurtmani qabul qilishi mumkin bo’lgan muddat. Yetkazib berish sanasi Sotuvchining omborida Tovarlarning mavjudligiga, Buyurtmani qayta ishlash uchun zarur bo’lgan vaqtga va tanlangan Yetkazib berish xizmatining yetkazib berish muddatiga bog’liq bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ozonga bog’liq emas. Buyurtmani qayta ishlash va Buyurtma bilan Mijozning harakatlari haqida batafsil bu yerda.
1.3.6. Buyurtma berish vaqtida umumiy qiymati 50 000 rubl va undan ortiq bo’lgan boshqa buyurtmalarni olmagan bo’lsa, Mijoz buyurtmani rad etishga haqlidir.
1.3.7. Agar qonun talablariga muvofiq Tovarni Mijozga topshirishdan oldin uning ishlashini tekshirish zarur bo’lsa, u holda bunday tekshirish tovarni Yetkazib berish xizmatiga topshirishdan oldin Sotuvchining omborida amalga oshiriladi.
1.3.8. Buyurtmaning joriy holati to’g’risidagi ma’lumotlar Shaxsiy kabinetga joylashtiriladi.
1.3.9. Mijozga uning qiziqishlari va xohishlariga eng mos Tovarlarni tanlash va sotib olish imkoniyatini taqdim etish uchun, Hartens savdo belgisi ostidagi va Saytdagi aqlli qurilmalardan foydalanish doirasida Mijoz tomonidan amalga oshirilgan harakatlar to’g’risidagi ma’lumotlar, shu jumladan u tomonidan ko‘rib chiqilayotgan Tovarlar, rasmiylashtirilgan Buyurtmalar, Saytda tashrif buyurgan sahifalari va qidiruv so’rovlari asosida Ozon analitikani shakllantiradi va undan Sayt assortimentini yaxshilash hamda Sayt va boshqa Ozon xizmatlaridan foydalanishni personallashtirish uchun undan foydalanadi.
1.4. Buyurtmani bekor qilish #
1.4.1. Mijoz sotib olish qarorini o’zgartirishga va buyurtma qilingan Tovarlarni qabul qilib olishdan oldin istalgan vaqtda bekor qilishga, Buyurtma qilgan Tovarlarni qabul qilish vaqtida to’liq yoki qisman rad etishga haqli bo’lib, quyidagilardan holatlar bundan mustasno:
- Tovar xalqaro pochta orqali yetkazib berilganda uni qabul qilib olishdan oldin va qabul qilish paytida uni to’liq rad etish mumkin emas;
- Tovar xalqaro pochta orqali yetkazib berilganda uni qabul qilib olishdan oldin va qabul qilish paytida, va/yoki Buyurtma yetkazib berish uchun topshirilgandan keyin (agar Tovar Ozon tomonidan yetkazib berilmasa) uni qisman rad etish mumkin emas.
Mijoz har qanday holatda ham faqat Mijoz tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lgan individual xususiyatlarga ega Tovarni rad etishga haqli emas.
1.4.2. Buyurtma uni qabul qilishgacha yoki Mijozga topshirish paytida to’liq yoki qisman rad etilganda, Tovar va yetkazib berish uchun oldindan amalga oshirilgan to’lovni qaytarish shartlari:
(а) Agar buyurtma uchun bank kartasidan to’langan bo’lsa, pul mablag‘i to’lov amalga oshirilgan kartaga qaytariladi.
(b) Qaytarilgandan keyin pul mablag‘i Mijozning balansida avtomatik ravishda aks ettiriladi. Balansdagi pulni qaytarish tartibi haqida batafsil ma’lumot havolada. Balansdagi pul mablag’lari faqat Rossiya bank hisobvarag’ining rekvizitlariga o’tkazilishi mumkin.
1.4.3. Agar Mijoz bitta Tovarning 10 ta birligidan ortiq miqdori uchun Buyurtma bergan bo’lsa va Sotuvchining omborida Tovarning kerakli miqdori mavjud bo’lmasa, Sotuvchi Mijozga bu haqda xabar yuboradi. Mijoz Tovarni Sotuvchida mavjud bo’lgan miqdorda qabul qilishga rozi bo’lish yoki ushbu Tovarni Buyurtmadan chiqarib tashlash huquqiga ega. Mijoz 14 kun ichida javob bermagan taqdirda, Sotuvchi ushbu Tovar uchun Buyurtmani bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
2. To‘lov #
2.1. Tovar narxi va to’lov muddatlari #
2.1.1. Tovarning narxi Saytda Rossiya rublida ko’rsatiladi va Buyurtma berishdan oldin Sotuvchi tomonidan bir tomonlama o’zgartirilishi mumkin. Tovar uchun to’lovni amalga oshirishda «Onlayn to’lash»/«Buyurtma berish» tugmachasini bosish paytida ko’rsatilgan narxda to’lanadi.
Tovarlar uchun to’lov so‘mda RF MB-ning to’lov sanasidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Mijoz tomonidan buyurtma qilingan va to’langan Tovarlarning narxi o’zgarmaydi. Sotuvchi yoki Ozon Tovarlar uchun chegirmalar berish huquqiga ega.
Tovar narxiga Sotuvchi va/yoki Ozon tomonidan Tovarni Mijozga sotish munosabati bilan to’lanadigan amaldagi soliqlar kiradi.
2.1.2. Tovarlar uchun to’lov usullari bilan tanishishingiz mumkin bu yerda. Buyurtma qilish paytida mavjud usullar orasidan Mijoz tomonidan tanlangan usul-kelishilgan to’lov usuli hisoblanadi.
2.1.3. Buyurtma uchun to’lov shaxsiy kabinetda ko’rsatilgan davrda amalga oshirilishi kerak bo‘lib, undan keyin Sotuvchi Tovarning mavjudligiga kafolat bermaydi. Bunday holatda Shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
2.1.4. Barcha holatlarda kassa cheklari Shaxsiy kabinetdagi «Elektron cheklar» bo’limiga yuboriladi va bosma shaklda taqdim etilmaydi. Ozonning elektron chekni topshirish majburiyati uni Mijozning abonent raqamiga bog’langan Shaxsiy kabinetiga yuborish paytida bajarilgan hisoblanadi.
Agar Buyurtma berish vaqtida Mijoz elektron chek (yoki PDF formatida yuklab olish imkoniyati bilan unga havola)ni elektron pochta manziliga yuborish kerakligini ko’rsatgan va uni taqdim etgan bo’lsa, u holda elektron shakldagi kassa cheki (yoki tegishli havola) Mijoz ko’rsatgan manzilga yuboriladi.
Har qanday holatda ham Mijoz elektron cheklarni Saytdagi yoki mobil ilovadagi Shaxsiy kabinetining «Elektron cheklar» bo’limidan yuklab olishi mumkin.
2.1.5. Buyurtma narxiga import uchun bojxona to’lovlari kiritilmagan. Zarur hollarda, Mijoz bunday to’lovlarni mustaqil ravishda to’laydi, to’lov shartlari va miqdori O’zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi bilan belgilanadi. Bojxona qoidalari haqida batafsil ma’lumot tqdim etilgan bu yerda.
2.1.6. Chegirmalar, ballar turlari, ularni hisoblash tartibi va shartlari Saytda ko’rsatilgan va Ozon tomonidan bir tomonlama o’zgartirilishi mumkin.
2.1.7. Saytda Tovar (shu jumladan chegirma yoki aksiya ta’siridagi Tovarlar) narxini ko’rsatishda texnik sabablarga ko’ra xatolar yuzaga kelishi mumkin. Mijoz tomonidan buyurtma qilingan Tovarga nisbatan bunday xato yuzaga kelganda, Ozon bu haqda Mijozni xabardor qiladi.
Tovar narxiga nisbatan shubha tug’ilgan taqdirda, Mijoz ma’lumotni Ozon yoki Shaxsiy kabinetidagi Sotuvchi bilan chat orqali aniqlashtirishi mumkin.
2.2. Bank kartalari, shuningdek bank kartalariga bog’langan elektron to’lov vositalari yorgamida to‘lash #
2.2.1. RF MB ning 2004-yil 24-dekabrdagi 266-P-sonli “Bank kartalari emissiyasi va to’lov kartalari yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar to’g’risida"gi nizomiga muvofiq, bank kartalari bo’yicha operatsiyalar karta egasi yoki vakolatli shaxs tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
2.2.2. Bank kartalari bo’yicha operatsiyalarni avtorizatsiya qilish bank tomonidan amalga oshiriladi. Agar bankda ushbu operatsiya firibgarlik xarakteriga ega deb hisoblash uchun asos bo’lsa, u holda bank ushbu operatsiyani bajarishni rad etishga haqlidir. Bank kartalari bilan firibgarlik operatsiyalari RF JK ning 159-moddasiga ta’siriga kiradi va jinoyat qonunchiligiga muvofiq jazolanadi. To’lov paytida bank kartalaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish uchun barcha oldindan to’langan Buyurtmalar Ozon tomonidan tekshiriladi. Ozon Buyurtmani bekor qilish sababini tushuntirmasdan Buyurtmani bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi. Buyurtma qiymati karta egasining bank kartasiga qaytariladi.
3. Yetkazib berish #
3.1. Yetkazib berish Ozon yoki Sotuvchi tomonidan o’z kuchi bilan yoki yetkazib berish xizmati orqali amalga oshiriladi. Qabul qiluvchining manziliga yetkazib berish imkoniyati Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida aniqlanadi. Yetkazib berish usullari ko’rsatilgan bu yerda.
Mijoz tomonidan to’lov paytida mavjud bo’lganlar orasidan tanlangan usul kelishilgan yetkazib berish usuli hisoblanadi. Agar yetkazib berish Sotuvchi yoki Yetkazib berish xizmati tomonidan amalga oshirilsa, Ozon ularga bunday yetkazib berishni tashkil qilish uchun Mijoz yoki Buyurtmani qabul qiluvchining aloqa ma’lumotlarini taqdim etadi.
Ozon tomonidan Mijozning topshiriqnomasiga ko‘ra va Mijozning nomidan jalb qilingan Yetkazib berish xizmati orqali yetkazib berishda, Ozon Yetkazib berish xizmatini (servis ishi) qidirish uchun haq olish huquqiga ega. Xizmat narxi Buyurtmani rasmiylashtirish bosqichida ko’rsatiladi.
Mijoz yoki Buyurtmani qabul qiluvchining aloqa ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligini oshirish uchun Ozon Buyurtmani rasmiylashtirish paytida ko’rsatilgan telefon raqamini yashirishi va Sotuvchiga va/yoki Yetkazib berish xizmatiga uning o’rniga maxsus ajratilgan Ozon telefon raqamini taqdim etishi mumkin.
Mijoz Sotuvchi va/yoki Yetkazib berish xizmatidan Mijoz yoki Buyurtmani qabul qiluvchiga amalga oshirilgan barcha qo’ng’iroqlar maxsus ajratilgan Ozon telefon raqamidan to’lov vaqtida ko’rsatilgan telefon raqamiga yo’naltirilishiga rozilik bildiradi. Saytdan foydalanish hamda Buyurtmalarni rasmiylashtirish va bajarish sifatini nazorat qilish uchun Ozon ushbu bandda ko’rsatilgan qo’ng’iroqlarni, shuningdek Mijoz yoki Buyurtmani qabul qiluvchi va Ozon o’rtasidagi qo’ng’iroqlarni yozib olishi mumkin.
3.2. Ayrim turdagi Tovarlarni yetkazib berish hududi cheklangan.
3.3. Yetkazib berish narxi vazni, mintaqasi va yetkazib berish usuli va to’lov usulidan kelib chiqib har bir Buyurtma uchun alohida hisoblab chiqiladi va Saytda Buyurtmani rasmiylashtirishning oxirgi bosqichida ko’rsatiladi.
3.4. Mijozga Buyurtmani qabul qilish uchun belgilanan muddatlar cheklangan va tegishli yetkazib berish usulini tanlash bosqichida, shuningdek Yetkazib berish (saqlash muddati) bo’limida Buyurtma berish paytida ko’rsatiladi. Buyurtmani saqlash muddati ichida olmaslik Mijozning oldi-sotdi shartnomasini rad etishi hisoblanadi va Buyurtmani bekor qilish uchun asos bo’ladi.
3.5. Buyurtmani topshirish vaqtida Mijoz Buyurtmani yetkazib bergan shaxs ishtirokida Tovarlarning tashqi ko’rinishini, qadoqlanishini, miqdorini, to’liqligini, assortimentini tekshirishi kerak. Barcha yetkazib berish usullari orqali topshirilgandan keyin Tovarning to’liqligi, assortimenti, miqdori va tashqi ko’rinishi bo’yicha da’volar Buyurtma qabul qilinmaydi.
3.6. Buyurtmani topshirish vaqtida Buyurtmani yetkazib bergan shaxs qabul qilluvchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishni talab qilishga haqli va quyidagi holatlarda qabul qiluvchi bunday hujjatlarni taqdim etishga majburdir:
-
firibgarlik holatlarining oldini olish, shuningdek oldindan to’langan Buyurtmani topshirish bo‘yicha o’z majburiyatlarini bajarish uchun;
-
yosh jihatidan cheklovlari mavjud bo’lgan tovarlarni o’z ichiga olgan Buyurtmani topshirishda.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmagan yoki qabul qiluvchining yoshi mos kelmaganda, Tovar qabul qiluvchiga berilmaydi, biroq yetkazib berish xizmati ko’rsatilgan deb hisoblanadi.
3.7. Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o’tkazish.
3.7.1. Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi Buyurtma unga topshirilgan paytdan boshlab qabul qiluvchiga o’tadi. Agar Tovar yuqorida ko‘rsatilgan vaqtgacha yo’qolsa, Sotuvchi yoki Yetkazib berish xizmati tomonidan yo’qolgan Tovarlar tasdiqlanganidan keyin oldindan to’langan tovarlar va ularni yetkazib berish qiymatlari Mijozga qoplab beriladi.
3.7.2. Mijoz tomonidan Xalqaro pochta jo’natmalarini yetkazib berish xizmati sifatida pochta tashkiloti tanlaganda, Tovarlarni yetkazib berish xizmatiga topshirishgacha Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi to’liq hajmda Sotuvchining zimmasida bo‘ladi. Tovarlar belgilangan Yetkazib berish xizmatiga topshirilgandan so’ng, Sotuvchining javobgarligi 2008-yil 12-avgustdagi Butunjahon pochta konvensiyasida belgilangan doiralarda belgilanadi.
3.7.3. Mijoz tomonidan ro’yxatdan o’tkazilmagan xalqaro pochta jo’natmalari orqali yetkazib berish tanlagan taqdirda, Yetkazib berish xizmatiga topshirilgunga qadar Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi to’liq Sotuvchining zimmasiga yuklanadi. Tovarlar yetkazib berish xizmatiga topshirilgandan so’ng, Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi Mijozning zimmasida bo’ladi, chunki ro’yxatdan o’tmagan jo’natma orqali yetkazib berish xizmatidan Tovarlarning yo’qolganligini tasdiqlovchi hujjatni olish imkoni yo‘q. Mijoz yetkazib berishning ko‘rsatilgan cheklovlarsiz xalqaro pochta jo’natmalarini yetkazishning boshqa usullarini tanlashi mumkin.
3.8. Buyurtmaga biron bir obyektlarni kiritishni nazarda tutgan marketing tadbirlarini o’tkazishda, ushbu kiritmalarni yetkazib berish Tovar bilan birga amalga oshiriladi. Kiritmadan voz kechish uchun Mijoz qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi kerak. Ko’rsatilgan kiritmalar sovg’a hisoblanadi va qaytarilmaydi yoki almashtirilmaydi, shu jumladan pul mablag‘iga.
4. Ayrim turdagi Tovarlarni sotish xususiyatlari #
4.1. Arzonlashtirilgan tovarlar #
4.1.1. Sotuvchi Saytdagi tavsifda ko’rsatilgan kamchiliklarga ega Tovarlarni sotish uchun taklif qilish huquqiga ega.
4.1.2. Arzonlashtirilgan to’plamdagi Tovarlar soni yangi to’plamdagi birliklar sonidan farq qilishi mumkin. Arzonlashtirilgan to’plamning tavsifida arzonlashtirish sababi, shuningdek Tovar birliklarining haqiqiy soni ko’rsatiladi.
4.1.3. Agar Tovarlarni sotish paytida Sotuvchi tomonidan aytilmagan kamchiliklar aniqlansa va Mijoz ushbu kamchiliklar Tovarni unga topshirishdan oldin yoki yetkazib berishgacha yuzaga kelgan sabablarga ko’ra paydo bo’lganligini isbotlab bersa, Mijoz kamchiliklarni bepul bartaraf etish yoki Shartnomani bekor qilish to’g’risida talablarni qo’yishga haqlidir.
4.2. Sotuvchilar tomonidan chet eldan yetkazib beriladigan Tovarlar #
O’zbekistondan tashqaridan yetkazib beriladigan Tovarlarga buyurtma berilganda, amaldagi bojxona qoidalariga ko‘ra, Mijoz Ozonga Buyurtmani qabul qiluvchining qo’shimcha shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi.
Bunday qo’shimcha ma’lumotlarning ro’yxati Ozon tomonidan har qanday mavjud usulda Mijozga yetkaziladi, ularning so’rovi esa Tovarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo’lganda amalga oshiriladi.
Ozon bunday ma’lumotlarni qayta ishlaydi, shu jumladan ularni Sotuvchiga va/yoki Yetkazib berish xizmatiga uzatadi (imkoni bo‘lganda transchegaraviy ravishda). Buyurtmani qabul qiluvchining shaxsiy ma’lumotlarini ushbu band shartlari asosida qayta ishlash Sotuvchi tomonidan Tovarni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha, shu jumladan Tovarni Buyurtmani qabul qiluvchiga yetkazib berish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishni ta’minlash, shuningdek Sotuvchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan majburiyatlarini bajarish davrida Tovarning bojxona rasmiylashtiruvini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Mijoz ushbu band shartlariga asosan Buyurtmani qabul qiluvchining ma’lumotlarini uzatishdan oldin Ozon Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatolarni bartaraf etish uchun bunday ma’lumotlarni validatsiya qilish (tekshirish) huquqiga ega ekanligi bilan rozilik bildiradi.
5. Tovarlarni qaytarish #
5.1. Umumiy qaytarish shartlari #
5.1.1. Mijoz Tovarni olgandan keyin tegishli sifatdagi Tovarni Sotuvchiga qaytarishi mumkin bo‘lib, muddatlar va shartlar belgilangan bu yerda.
5.1.2. Ishlashi uchun yong’inga xavfli yoqilg’i (gaz, benzin va boshqalar) bilan to’ldirishni talab qiladigan Tovarlar, ishlatish paytida ular joylashadigan rezervuar yoki ballondan to’liq chiqarib tashlanganishi sharti bilan qaytarish uchun qabul qilinadi.
5.1.3. Agar Tovarni qaytarish yoki almashtirish Sotuvchi yoki yetkazib berish xizmati ishtirokida amalga oshirilsa, Ozon ularga Tovarni qaytarish yoki almashtirishni tashkil qilish uchun Mijoz yoki Buyurtmani qabul qiluvchining aloqa ma’lumotlarini beradi.
5.2. Tegishli sifatdagi Tovarni qaytarish yoki almashtirish #
5.2.1. Tegishli sifatga ega Tovarlarni qaytarish yoki almashtirish ko’rsatilgan Tovar ishlatilmagan, uning tashqi ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, plombalari, zavod yorliqlari va boshqalar saqlanib qolgan taqdirda, shuningdek, ushbu Tovarni Saytda sotib olish holati va shartlari tasdiqlanganda amalga oshiriladi. Tovarlarning ishlatilishi izlari aniqlanganda, Ozon yoki Sotuvchi ushbu asosda pul mablag’larini qaytarishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.
5.2.2. Ayrim toifadagi tegishli sifatdga ega Tovarlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi.
Batafsil bu yerda.
5.3. Tegishli sifatga ega bo‘lmagan tovarlarni qaytarish #
5.3.1. Mijoz tomonidan sifatsiz tovarlar qaytarilganda, Sotuvchi unga qaytarilgan Tovarning pulini, shuningdek, Sotuvchi tomonidan sifatsiz Tovar olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay, Tovarning kamchiligi ishlab chiqarishga doirligi va Mijozning aybi bilan yuzaga kelmaganligi shqrti bilan, Mijoz tomonidan qaytarilgan Tovarlarni yetkazib berish xarajatlarini qoplaydi. Agar Mijozning Buyurtmasidagi Tovarlar sifatli bo’lsa, yetkazib berish xarajati qoplanmaydi.
5.3.2. Brak aniqlanda, Mijoz mahsulotni ishlab chiqaruvchiga, Ozonga yoki Sotuvchiga qaytarishi mumkin. Tovarni qaytarilishini rasmiylashtirish uchun, qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, Ozon xizmat ko’rsatish markazining kafolat taloni (agar mavjud bo’lsa) va/yoki dalolatnomasi (xulosasi)ning asl nusxalarini talab qilishi mumkin.
5.3.3. Sotuvchi Mijozga Tovarni qaytarib bermasdan kamchiliklari bo‘lgan tovar uchun qisman kompensatsiya to’lashni taklif qilishi mumkin. Mijoz rozi bo’lgan taqdirda, qisman kompensatsiya Rossiya rublida Mablag’lar balansiga hisoblanadi.
Mijoz tovarni boshqa asosga ko‘ra qaytarish huquqiga ega. Bunda, yangi asosga ko‘ra qaytarilishi kerak bo’lgan pul mablag’ining miqdori ilgari taqdim etilgan qisman kompensatsiya miqdoriga teng miqdorda kamayadi.
5.3.4. Sifatsiz Tovarlarni qaytarish usullari va tartibi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun qarang bu yerda.
5.4. Assortiment to’g’risidagu shartlarini buzish (qayta saralash) #
5.4.1. Tovarlar assortiment shartlarini buzgan holda topshirilganda, RF DK ning 468-moddasining qoidalari qo’llanilmaydi. Qayta saralash aniqlanganda, Mijoz quyidagi huquqlarga ega bo’ladi:
(а) ortiqcha Tovardan voz kechish va Buyurtma bo’yicha taqdim etilgan assortimentdagi Tovar bilan almashtirish yoki amalda taqdim etilmagan Tovar uchun to’langan pul mablag’larini qaytarishni talab qilish. Bunda, Tovar Ozon yoki Sotuvchiga qaytariladi (Sotuvchi tomonidan yetkazib berilganda).
(b) Tovarlarni qabul qilib olish, Ozon esa Mijozdan Tovarni topshirish paytida (shu jumladan sud tartibida) Sotuvchi tomonidan Saytda belgilangan narxda to’lashni talab qilishga haqlidir. Agar amalda topshirilgan Tovar uni topshirish paytida Saytda taqdim etilgan assortimentda mavjud bo’lmasa, ushbu Tovar uchun Ozon bilan kelishilgan narxda to’lanadi.
5.5. Miqdor to’g’risidagi shartlarni buzish #
5.5.1. Agar Buyurtmani topshirish paytida Mijoz tomonidan Buyurtmadagi Tovarlar miqdori bo’yicha tafovutlar aniqlansa, Mijoz bu haqda darhol Ozon yoki Sotuvchiga xabar berishi shart. Mijoz tomonidan Ozon yoki Sotuvchini xabardor qilish shartlari buzilganda, ular Mijozga topshirilgan Tovarlar miqdori bo’yicha da’volarini qondirishni rad etishga haqlidir.
5.5.2. Agar mijoz Buyurtmada belgilanganidan kam miqdordagi (yetarli miqdorda joylanmagan) Tovarlarni olgan bo’lsa, Mijoz Buyurtmani topshirishda Tovarni Buyurtmaga mos keladigan miqdorda qabul qilib olishga va yetishmayotgan Tovarlarni talab qilishga yoki yetishmayotgan Tovar uchun to’lov qilingan bo’lsa, yetishmayotgan Tovarning Buyurtmasidan voz kechishga va yetishmayotgan Tovarlarning pulini qaytarishni talab qilishga haqli.
5.5.3. Yetishmayotgan Tovarlarni topshirish yangi Buyurtmani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Agar Tovar narxi oshgan bo’lsa, yangi Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin Ozon yoki Sotuvchi bilan bog‘lanish kerak. Agar yetishmayotgan Tovar uchun ilgari Mijoz tomonidan to’lov amalga oshirilmagan bo’lsa yoki uning qiymati bank kartasiga qaytarilgan bo’lsa, Tovar uchun yangi Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida mavjud bo’lgan har qanday usulda to’lov qilish mumkin. Yetishmayotgan Tovarni topshirishning imkoni mavjud bo’lmagan taqdirda, Ozon yoki Sotuvchi bu haqda Mijozga xabar beradi.
5.6. Mijozning talablarini bajarish #
5.6.1. Tegishli sifatgadi Tovarlarni almashtirish yoki sifatsiz Tovarlarni almashtirish uni Buyurtmani keyinchalik bekor qilish bilan Ozonga qaytarish, so’ng yangi Buyurtmani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda, Buyutrmani bekor qilish (annulyatsiya) texnik amal sanaladi va Sotuvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishini anglatmaydi. Pul mablag‘lari Mijozga to’liq miqdorda qaytariladi. Agar Mijoz murojaat qilgan paytda Sotuvchida shunga o’xshash Tovar mavjud bo‘lmasa, Mijoz oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va ko’rsatilgan Tovar uchun to’langan pul miqdorini qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda qaytarilgan Tovar uchun pul miqdorini qaytaradi.
5.7. Aksiya bo’yicha Tovarlarni qaytarish #
5.7.1. Tovarlardan biriga yoki to’plamdagi Tovarlarning barchasiga chegirma berilgan aksiya bo’yicha Tovarlar to’plamini sotib olayotganda, tegishli sifatga ega yoki sifatsiz Tovarlar faqat to’plam tarkibida qaytarilishi mumkin. Agar aksiyani o‘tkazish qoidalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, to’plamdan ayrim Tovarlarni qaytarish mumkin emas.
5.8. Pul mablag‘larini qaytarish #
5.8.1. Qaytarilgan yoki amalda topshirilmagan Tovarlar uchun pul mablag’larini qaytarish Ozon tomonidan shartlarga muvofiq Buyurtma uchun to’lov usulidan kelib chiqib usullardan biri bilan amalga oshiriladi bu yerda.
6. Boshqa shartlar #
6.1. Intellektual mulk #
6.1.1. Saytdagi barcha matnli ma’lumotlar va grafik tasvirlar Ozon, Sotuvchilar va/yoki ularning kontragentlariga tegishlidir.
6.2. Kafolatlar va javobgarlik #
6.2.1. Ozon va Sotuvchi Saytda buyurtma qilingan Tovarlarni noto’g’ri ishlatish natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.
6.2.2. Ozon Tashqi saytlarning mazmuni va ishlashi uchun javobgar emas.
6.2.3. Ozon Mijoz bilan munosabatlaridan kelib chiqadigan o‘zining huquq va majburiyatlarini boshqa yo’l bilan uchinchi shaxslarga topshirish huquqiga ega.
6.2.4. Ozon Mijozning telefon raqami boshqa shaxsning mulkiga o’tishi natijasida, shu jumladan Mijoz tomonidan bunday telefon raqamidan uzoq vaqt (3 oydan ko‘p) foydalanmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zarar uchun javobgar emas.
6.2.5. Ozon Verifikatsiya paytida Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi va to’g’riligi uchun javobgar emas.
6.2.6. Sotuvchilar texnik jihatdan Mijozlarga uchinchi tomon resurslari va veb-xizmatlariga havolalarni yuborish imkoniyatiga egalar. Ozon ushbu veb-xizmatlarning egasi emas va ularda joylashtirilgan materiallar yoki uchinchi tomon siyosati uchun javobgar emas. Ozon bunday resurslarni hech qanday tarzda nazorat qilmaydi, bunday saytlardan foydalanish va uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar emas.
6.2.7. Mijoz quyidagilarni kafolatlaydi:
- Tovarlar uchinchi shaxslarga qayta sotish uchun emas, balki faqat shaxsiy foydalanish uchun sotib olinadi va faqat fuqarolik maqsadlarida qo’llaniladi.
- Tovar har qanday faoliyatda quyidagilar bilan bog’liq ishlatilmaydi:
- yadroviy portlovchi moslamalarni yaratish yoki yadroviy yoqilg’i aylanishi doirasida faoliyat yuritish,
- kimyoviy yoki biologik qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki ta’mirlash,
- qurol yoki harbiy texnika ishlab chiqarish yoki ta’mirlash,
- kimyoviy yoki biologik qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki ta’mirlash bilan.
- Tovarlar amaldagi milliy va xalqaro eksport nazorati qoidalariga bo’ysunadigan biron bir mintaqada ishlatilmaydi.
6.3. Shaxsiy ma’lumotlar #
6.3.1. Ozon ushbu Shartlarni bajarish uchun Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi.
6.3.2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda Ozon Mijozning shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlaydi, shuningdek Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini ularga noqonuniy yoki tasodifiy kirishdan, shaxsiy ma’lumotlarning yo’q qilinishi, o’zgartirilishi, bloklanishi, nusxalashtirilishi, taqdim etilishi, tarqatilishidan, shuningdek Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko’radi.
6.3.3. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyasi haqida batafsil ma’lumot taqdim etilgan bu yerda.
6.4. Saytdagi sharhlarni nashr etish shartlari #
6.4.1. Sharhlarni faqat Buyurtma bergan va olgan Mijozlar fikr qoldirishlari mumkin.
6.4.2. Sharhlarni nashr qilish qoidalari bu yerda.
6.5. Kommunikatsiya va boshqa shartlar #
6.5.1. Ozon yoki Sotuvchi Mijozga ro’yxatdan o’tish paytida ko’rsatilgan elektron pochta manziliga va/yoki shaxsiy kabinetidagi «Bildirishnomalar» yoki «Xabarlar» bo’limlariga bildirishnomalar va xabarlarni yuboradi.
6.5.2. Biron bir savol paydo bo‘lganda, Mijoz Ozon yoki Shaxsiy kabineyidagi Sotuvchi bilan chat ga murojaat qilishi kerak.
Etirozlar paydo bo‘lganda, Mijoz ularni pochta orqali yetkazib berilganligi to’g’risida xabarnoma yuborish bilan buyurtma xat orqali quyidagi manzilga yuborishi kerak: 123112, Moskva sh., Presnenskaya soh., 10-uy, 1-bino, 41-qavat, 6-xona.
6.5.3. Ozon yoki Sotuvchining Mijozning murojaatlari va da’volariga bergan javoblari, ular Shaxsiy kabinetga yuborilganda, yoki Mijoz tomonidan ro’yxatdan o’tish paytida ko’rsatilgan elektron pochta manziliga yoki yozma shaklda Mijozning pochta manziliga yuborilganda (mijozdan bunday buyruq mavjud bo’lsa) tegishli shaklda yo‘llangan deb tan olinadi.
6.5.4. Ushbu shartlar bilan tartibga solinmagan va ularga zid bo’lmagan qismda Ozon va Mijozning munosabatlariga Ozon ID-dan foydalanish shartlari qo’llaniladi. Ozon ID-dan foydalanish shartlari ushbu Shartlarning ajralmas qismini tashkil etadi.
6.5.5. Tomonlar yuzaga keladigan barcha nizolarni muzokaralar yo’li bilan hal qiladilar, kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo RF ning amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud organiga ko’rib chiqish uchun topshiriladi.
6.5.6. Sud tomonidan Shartlar va qoidalarning biron bir qoidasining haqiqiy emasliginining tan olinishi boshqa qoidalarning haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi.
7. Ozon va Sotuvchilar haqida ma’lumot #
7.1. Ozon rekvizitlari joylashtirilgan bu yerda.
7.2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Ozon taqdim etishi shart bo’lgan Sotuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar Saytda «i» belgisi ostida Sotuvchining nomi yonidagi joylashtirilgan.
Tushunchalar #
Shartlarda quyidagi so’zlarning ma’nolaridan foydalanadi:
Vositalar balansi (Balans) — раздел Sovg’a sertifikatini faollashtirish paytida Mijoz tomonidan kiritilgan pul mablag’lari miqdori va yoki Mijozga ilgari to’langan Buyurtma yoki Tovar bekor qilingan taqdirda, shuningdek boshqa shunga o’xshash holatlarda qaytarilishi kerak bo’lgan pul mablag’larining miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettiradigan Mijozning shaxsiy kabinetining bo‘limi. Balansda aks etadigan pul mablag‘lari miqdori Mijozning keyingi Buyurtmalari uchun to’lov sifatida ishlatilishi yoki havola da ko’rsatilgan tartibda Mijozga qaytariladi.
Balans bank hisobvarag’i emas va faqat Mijozni xabardor qilish uchun mo’ljallangan.
Verifikatsiya — muayyan telefon raqamining haqiqiyligi va ma’lum bir jismoniy shaxsga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradigan protsedura bo‘lib, uning natijasida Mijozga ma’lum bir ID beriladi va verifikatsiyalangan telefon raqamiga bog’langan Shaxsiy kabinet yaratiladi, shuningdek Shaxsiy kabinetda avtorizatsiyalanish imkoniyati beriladi.
Buyurtma — Mijozning Tovarni sotib olish va uni belgilangan manzilga mijoz tomonidan tanlangan usulda yetkazib berish so’rovi.
Mijoz — Saytda Buyurtmalarni joylashtiruvchi yoki Tovardan faqat shaxsiy, oilaviy, uy va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanadigan Tovar yoki Xizmat uchun sertifikat oluvchi sifatida ko’rsatilgan to‘liq layoqatli jismoniy shaxs.
Shaxsiy kabinet (Akkaunt) — Mijozning Saytdagi buyurtmalar haqida ma’lumotlarni saqlaydigan shaxsiy sahifasi.
Ozon — «Internet yechimlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati (OGRN 1027739244741), Sayt egasi, Sotuvchi yoki boshqa Sotuvchilar nomidan Mijoz bilan munosabatlarda harakatlanuvchi hisoblanadi.
«OMKOZB» XK MChJ — Ozon-ning sherigi, Sotuvchi tomonidan Mijozga Platforma orqali Tovarlarni sotish bilan bog’liq, shu jumladan Mijozlardan to’lovlarni qabul qilish bilan bog’liq Sotuvchilar nomidan va hisobidan qonuniy va haqiqiy harakatlarni amalga oshirish uchun jalb qilingan.
Obyekt — EHM dasturi.
Huquq egasi — Obyektga mutlaq huquqqa ega yoki obyektdan boshqa qonuniy asoslarda foydalanish huquqini beruvchi shaxs va/yoki Faollashtirish kodini faollashtirish orqali Mijoz unga obuna bo’lgan xizmatning muharriri.
Sotuvchi — «Internet Yechimlari» MChJ, yoki Tovar sahifasida Sotuvchi sifatida ko’rsatilgan boshqa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Sayt — Ozon.com saytida va/yoki mijozlarga Tovarlarni tanlash va sotib olish imkoniyatini beruvchi Ozon mobil ilovasida joylashtirilgan axborot tizimi.
Yetkazib berish xizmati — Mijoz, Sotuvchi yoki Ozon topshirig‘iga ko‘ra va nomidan Mijozlarga Buyurtmalarni yetkazib berish bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi yoki o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkor.
Tovar — fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan moddiy olam obyekti va/ yoki Saytda sotish/Buyurtma berish uchun taqdim etilgan xizmatlar.