Nashr qilingan sana 2024 yil 29 iyul
1. Atamalar va ta’riflar #
Ozon — «Internet yechimlar» MCHJ (AROR 1027739244741), Rossiya yuridik shaxsi, quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan: Moskva sh., Presnenskay naberejnaya, 10-uy, 1-bino, 41-qavat, 6-xona.
Ozon Xizmati hujjatlari — Kelishuvlar va Mijoz tomonidan Ozon xizmatlaridan foydalanish shartlarini tartibga soluvchi va Saytda va/yoki tegishli Ozon Xizmatida joylashtiriladigan va boshqa hujjatlar.
Mijoz — Tekshirishdan o‘tgan va Ozon ID-dan foydalanish shartlariga muvofiq Ozon ID-dan foydalanadigan shaxs.
Shaxsiy cabinet — https://id.ozon.ru/ manzili bo‘yicha joylashtirilgan va Mijoz to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Mijozning Ozon-dagi shaxsiy sahifasi.
Bog‘langan karta — maʼlumotlari kiritilgan bank kartasi himoyalangan “3-D Secure” avtorizatsiya protokoli orqali avtorizatsiya qilinadi va Ozon Xizmatlarida naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish maqsadida Mijoz tomonidan Shaxsiy kabinetda saqlanadi.
Sayt — ozon.ru va/yoki Ozon mobil ilovasida joylashtirilgan axborot tizimi.
Ozon xizmatlari — Ozon va/yoki Afillangan shaxslar tomonidan mijozga taqdim etiladigan Saytda, boshqa veb-saytlar va/yoki mobil ilovalarda joylashtirilgan barcha xizmatlar.
Shartlar — Mijoz tomonidan qabul qilinadigan Ozon xizmatlarida kartalarni bog‘lash va ulardan foydalanish shartlari.
Shartlarda ko‘rsatilgan bosh harf bilan yozilgan barcha boshqa atamalar ozon.ru saytida jismoniy shaxslar uchun tovarlarni sotish shartlari, shuningdek, Ozon Xizmatlari hujjatlarida belgilangan ma’nolarda qo’llaniladi.
2. Umumiy shartlar #
2.1. Ozon Mijozga Ozon Xizmatlarida naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish maqsadida bank kartasini bog‘lash, shuningdek, Ozon Xizmatlarida bog‘langan kartalar mavjudligi sharti bilan taqdim etilgan boshqa funksionaldan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
2.2. Bog‘langan kartani qo‘shish Mijoz tomonidan Ozon ID yordamida Ozon Xizmatlarida avtorizatsiya qilish sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
2.3. Mijoz Ozon Xizmatlarida koʻrsatilgan, funksionalligi kartani bog‘lash imkonini beruvchi tegishli to‘lov shakli taqdim etgan maʼlumotlarni va «3-D Secure» texnologiyasidan foydalangan holda bir martalik avtorizatsiyani ko‘rsatish orqali o‘z bank kartasini Shaxsiy kabinetiga bog‘laydi. Yuqoridagi amallar bajarilganidan so’ng, bog’langan kartada nazotay qilish summasi uni tekshirish uchun bloklanadi. Ushbu miqdor hisobdan chiqarilmaydi va faqat bog‘langan kartaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bog‘langan karta tasdiqlangandan keyin, u Shaxsiy kabinetda saqlanadi va undan Ozon Xizmatlarida alohida to‘lov usuli sifatida foydalanish mumkin.
2.4. Ozon Mijozlarning bog‘langan kartalari ma’lumotlarini PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) talablariga muvofiq va ma' lumotlarni saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan siyosat, tartib va jarayonlarga muvofiq qayta ishlashni (shu jumladan, yig‘ish, saqlash va himoya qilish) amalga oshiradi.
2.5. Bank kartasini bog‘lash orqali Mijoz Shartlarga (Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksining 438-moddasi 3-bandi), Shartlarda ko‘rsatilgan hujjatlar qoidalariga, shuningdek, to‘lov texnologiyasidan foydalanishga to‘liq rozi bo‘ladi, bunda Bog‘langan karta ma’lumotlari to‘lov provayderlari tomonida saqlanadi va keyinchalik xavfsiz 3-D Secure avtorizatsiya protokolidan foydalangan holda va bog’langan kartaning tasdiqlash kodini (CVV/CVC) kiritmasdan to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
2.6. Bog’langan kartadan to’lov Mijoz tomonidan Ozon xizmatlariga tegishli buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida («Onlayn to’lash» tugmasini bosish yoki Ozon Xizmatlarining funksionalligi bilan ta’minlangan boshqa shunga o‘xshash tugmani bosish orqali) «Saqlangan kartalar» to‘lov turini bog‘langan kartaning tegishli rekvizitlari bilan tanlashda boshlanadi va toʻlovni qoʻshimcha tasdiqlashni talab qilmaydi. Ozon xizmatlarida Ozon xizmatlari Hujjatlari asosida tanlangan Bog’langan kartadan pul mablag’larini yechish Mijozning tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i, shu jumladan, davom etuvchi buyrug‘i (rekkurent to‘lovlar), asosida amalga oshiriladi.
2.7. Ozon talab qilish huquqiga ega, Mijoz esa Bog‘langan kartadan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi ma’lumot va/yoki hujjatlarni taqdim etishga majbur. Agar so‘rov bo‘yicha ma’lumot va/yoki hujjatlar taqdim etilmasa, Ozon Mijozning bank kartalarini bog‘ash va/yoki Ozon xizmatlarida ilgari bog‘langan kartalardan foydalanish imkoniyatini cheklash va/yoki blokirovka qilishga haqli.
2.8. Ba’zi Ozon Xizmatlarida Mijoz funksional va/yoki texnik xususiyatlar tufayli Bog‘langan kartadan to‘lov maqsadlarida foydalana olmasligi mumkin.
2.9. Mijoz bog‘langan kartadan foydalanish bilan bog‘liq axborotlash ma’nodagi xabarlarini olishga rozi bo‘ladi.
2.10. Mijoz Ozon ID yordamida tegishli avtorizatsiya qilingan taqdirda, Bog‘langan karta yordamida amalga oshirilgan barcha to‘lovlar va boshqa harakatlar Mijoz tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanishiga rozilik beradi. Vakolati bo’lmagan shaxs tomonidan Bog‘langan kartadan mablag‘lar yechib olingan taqdirda, Mijoz Bog’langan kartani chiqargan bankka murojaat qilish huquqiga ega.
3. Cheklovlar, javobgarlik va kafolatlar #
3.1. Bog‘langan kartaning funksional imkoniyatlari, shuningdek, Shartlarda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalar «boricha» taqdim etiladi, Ozon ularning Mijoz kutgan narsalariga muvofiqligi uchun bo‘lmaydi, hamda ularning doimiy ishga yaroqligi va mavjudligini kafolatlamaydi.
3.2. Ozon Ozon nazoratida bo‘lmagan sabablarga ko’ra Mijozning bank kartasini qo‘shish imkoniyatining yo‘qligi uchun javobgar emas va Ozon xizmatlarida foydalanish uchun bunday kartani qo‘shishiga kafolat bermaydi.
3.3. Ozon o‘z xohishiga ko‘ra va sabablarini oshkor qilmasdan, Mijozning bank kartalarini bog’lash va/yoki Ozon xizmatlarida ilgari bog’langan kartalardan foydalanish imkoniyatini cheklash va/yoki bloklash huquqiga ega.
3.4. Ozon Mijoz tomonidan Bog‘langan kartadan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar yoki boshqa harakatlar uchun javobgar emas va,bu bilan bog‘liq har qanday da’volarni qabul qilish yoki nizolarni hal qilish vakolatiga ega emas, agar Ozon xizmatlarining shartlari va/yoki hujjatlarida boshqa holatlar bevosita ko’rsatilmagan bo‘lsa.
3.5. Shartlarni qabul qilish bilan Mijoz quyidagilarni tasdiqlayda va kafolatlaydi:
- u layoqatli jismoniy shaxs ekanligi va Bog‘langan kartadan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega ekanligi yoki uning tomonidan Rossiya Federatsiyasi qonunlarida nazarda tutilgan qonuniy vakilining roziligi olinganligi;
- u tomondan uning nomiga chiqarilgan amaldagi bank kartasi to’g’risida ishonchli ma’lumot ko’rsatilganligi;
- Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi, to‘lov tizimlari va Bog‘langan kartani chiqargan bank talablariga, shu jumladan naqd pulsiz to‘lov larni amalga oshirish qismida,shartlariga rioya qilish;
- Bog‘langan kartadan foydalanish Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini, mazkur Shartlarni buzgan holda yoki boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirish maqsadida amalga oshirilmasligini;
- Mijozning Shaxsiy kabinetiga uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirilishiga to’sqinlik qiluvchi Shaxsiy kabinetni himoya qilish,shu jumladan Bog’langan kartadan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirish uchun oqilona choralarni ta’minlashi;
- mazkur Shartlar, Mijoz tomonidan foydalaniladigan Ozon xizmatlarining hujjatlari, Bog’langan kartadan pul mablag‘larini yechish tartibi, tegishli tovarlar/ishlar/xizmatlar narxi va Bog’langan kartadan foydalanish bilan bog’liq boshqa ahamiyatga ega shartlar bilan tanishib chiqqanligi.
4. Yakuniy shartlar #
4.1. Ushbu Shartlar Ozon tomonidan Mijozni ogohlantirmasdan o’zgartirilishi mumkin. Shartlarning yangi tahriri Internetda Shartlar manzili bo’yicha joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
4.2. Mijoz Shartlarda ko‘rsatilgan Shartlari yoki hujjatlarning qoidalariga, shu jumladan ularning o‘zgarishi munosabati bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, agar Mijoz tomonidan qabul qilingan tegishli Ozon xizmatining hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Mijoz Shaxsiy kabinetdagi Bog’langan karta ma’lumotlarini o’chirib tashlashga haqli.
Hujjatning bundan oldindi versiyasi #
Kartani bo’glash shartlari 27.12.2021 yildagi ozon.ru saytida
Kartani bo’glash shartlari 30.11.2021 yildagi ozon.ru saytida