«Android uchun ozon.ru» dasturidan foydalanishdan oldin (bundan keyin «Dastur» deb yuritiladi), iltimos, ushbu litsenziya bitimi shartlari bilan tanishib chiqing (bundan keyin — «Litsenziya», «Litsenziya bitimi» deb yuritiladi). Siz tomondan Dasturdan har qanday foydalanish sizning ushbu Litsenziya bitimi shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilganingizni anglatadi. Agar siz Litsenziya bitimi shartlarini to‘liq qabul qilmasangiz, dasturdan biron bir maqsadda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaysiz.
1. Bitim predmeti #
1.1. Ushbu Litsenziya bitimi foydalanuvchi («Foydalanuvchi») va Dasturga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan («Huquq egasi») «Internet Resheniya» MChJ, 123112, Moskva shahri, Presnenskaya naberejnaya, 10-uy, 41-qavat, I-joy, 6-xona, o‘rtasida tuzilgan. Litsenziya foydalanuvchining Dasturdan foydalanish shartlarini belgilaydi.
1.2. Dasturni nusxalash va uni o‘z mobil qurilmasiga o‘rnatish orqali Foydalanuvchi Litsenziya shartlarining barchasiga to‘liq va shartsiz rozi ekanligini bildiradi.
1.3. Dasturdan foydalanishga faqat Litsenziya shartlariga muvofiq ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘liq qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan biron-bir maqsadda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan holda (bajarmagan holda) dasturdan foydalanish taqiqlanadi.
1.4. Dasturdan Litsenziya shartlariga muvofiq shaxsiy hamda notijorat maqsadlarda foydalanish bepul tarzda amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada ko‘zda tutilmagan shartlar va usullarda foydalanish faqat huquq egasi bilan alohida kelishuv asosida, huquq egasi belgilagan narxda amalga oshirilishi mumkin.
1.5. Foydalanuvchining Dasturdan foydalanishi bu uning Litsenziyaning ajralmas qismi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ozon.ru onlayn-do‘konida Tovarlarni sotish shartlari ekanligiga roziligini nazarda tutadi. Litsenziya va Tovarlarni sotish shartlari (shu jumladan ularning har qanday qismlari) «Internet Resheniya» MChJ tomonidan maxsus bildirishnomasiz o‘zgartiriladi, yangi nashr esa bu nasht etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ko‘rsatilgan bitimlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.
1.6. Foydalanuvchi tomonidan dasturdan foydalanish uning qurilmasi, tizimi va amaliy dasturiy ta’minoti hamda Foydalanuvchining periferik qurilmalari haqidagi texnik ma’lumotlardan foydalanishga roziligini bildiradi. Huquq egasi Dasturni takomillashtirish yoki Foydalanuvchiga xizmatlar yoki texnologiyalarni taqdim etish uchun texnik ma’lumotlar va tegishli ma’lumotlarni to‘plash hamda ulardan foydalanish huquqiga ega. Huquq egasi, bunday ma’lumotlar Foydalanuvchining shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan shaklni saqlab qolguniga qadar ulardan foydalanish huquqiga ega.
1.7. Foydalanuvchi ushbu Litsenziya doirasida Dasturdan bepul foydalanadi.
1.8. Shtrix-kodlarni skanerlash Apache 2.0 litsenziyasi bo‘yicha tarqaluvchi ochiq manbali ZXing kutubxonasi yordamida amalga oshiriladi.
2. Dasturga nisbatan mutlaq huquq #
2.1. Dasturga nisbatan mutlaq huquq Huquqi egasiga tegishli.
3. Dasturdan foydalanish usullari #
3.1. Huquqi egasi Foydalanuvchiga dasturdan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish uchun mutlaq bo‘lmagan huquqni (oddiy (nomutlaq) litsenziya) beradi
3.1.1. Dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri funksional maqsadiga muvofiq qo‘llash, buning uchun uni nusxalash va Foydalanuvchining mobil qurilmalariga o‘rnatish. Foydalanuvchi Dasturni Foydalanuvchiga tegishli cheklanmagan miqdordagi mobil qurilmalarga o‘rnatish huquqiga ega.
3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda ko‘paytirish va tarqatish (bepul).
3.2. Dastur quyidagi nom ostida ishlatilishi kerak:
«Android uchun ozon.ru». Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqi belgisini yoki Huquq egasining boshqa belgilarini o’zgartirish va/yoki o’chirishga haqli emas.
4. Cheklovlar #
4.1. Ushbu Litsenziyada yoki Rossiya Federatsiyasi qonunlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hajmlar va usullardan foydalanishni hisobga olmagan holda, Foydalanuvchi Dasturda qo‘llaniladigan algoritmlarni amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot olishga qaratilgan Dasturning obyekt kodi bilan o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, dizassebmbilyatsiya olish, shifrini ochish yoki boshqa harakatlarni bajarish, Dasturdan foydalangan holda hosilaviy asarlarni yaratish, shuningdek Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturdan boshqa maqsadda foydalanishni amalga oshirish (bajarish uchun ruxsat berish) huquqiga ega emas.
4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (to‘lov evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to‘plamining bir qismi sifatida ko‘paytirish va tarqatish huquqiga ega emas.
4.3. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni uni olganidan farqli bo‘lgan shaklda tarqatish huquqiga ega emas.
5. Javobgarlik #
5.1. Dastur «borligicha» (as is) shartlari asosida taqdim etiladi. Huquq egasi Dastur yoki uning alohida komponentlarining xatosiz va uzluksiz ishlashi, Dastur Foydalanuvchining ma’lum bir maqsadlariga muvofiqligi bo‘yicha hech qanday kafolatlar bermaydi, shuningdek, ushbu Litsenziyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan boshqa hech qanday kafolatlarni ham bermaydi.
5.2. Amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan maksimal darajada, Huquq egasi va uning hamkorlari Dasturdan yoki uning alohida komponentlaridan har qanday foydalanish yoki foydalanmaslik natijasida Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar, shu jumladan ularning ishlashidagi mumkin bo‘lgan xatolar yoki nosozliklar tufayli yetkazilgan zarar va/yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.3. Dasturdan foydalanish/foydalanmaslik bilan bog‘liq barcha da’volar, shuningdek, Dasturdan foydalanish natijasida qonunchilik va/yoki uchinchi shaxslarning huquqlari buzilishi faktlari mumkin bo‘lgan holatlar bilan bog‘liq barcha da’volar bizga chatda yuborilishi kerak.
5.4. Ushbu Litsenziya va dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha munosabatlar Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
6. Maxsus shartlar #
6.1. Dasturning ba’zi funksiyalari faqat Internetga kirish imkoni bo‘lgandagina, bajarilishi mumkin. Foydalanuvchi o‘z aloqa operatori yoki provayderining shartlari va tariflari asosida bunday kirishga mustaqil ravishda ega bo‘ladi va to‘lovni amalga oshiradi.