Ommaviy profilga siz anonim bo‘lmagan holda qoldirgan tovarlarga bergan fikr-mulohazalaringiz jamlanadi.
![](https://cdn.ozone.ru/s3/ozon-disk-api/techdoc/common/images/my-settings/social-profile/subscribe_1720603430.png)
Shaxsiy kabinetda profil haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish va uning sozlamalarini o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
![](https://cdn.ozone.ru/s3/ozon-disk-api/techdoc/common/images/my-settings/social-profile/lk_social_profile_1721032575.png)
Agar profilingiz ochiq bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilar sizga obuna bo‘lishi va yangilanishlaringizni kuzatib borishi mumkin. Yangi obunachilar, yoqtirishlar va izohlar haqidagi xabarnomalar Лента активности («Faollik tasmasi») chatida paydo bo‘ladi.
Maxsus toifadagi tovarlar haqidagi fikr-mulohazalar sizning profilingizda emas, balki faqat buyurtma sahifasida ko‘rsatiladi. Bunday toifalarga quyidagilar kiradi:
- 18 yoshdan oshganlar uchun mo‘ljallangan tovarlar;
- ichki kiyimlar, uy kiyimlari va paypoq mahsulotlari;
- elektron sigaretalar, kalyanlar;
- vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar;
- tibbiy buyumlar;
- reabilitatsiya vositalari;
- ayollar gigiyenasi uchun tovarlar;
- ginekologik va urologik tovarlar.
Ommaviy nom #
Ommaviy nomga qo‘yiladigan talablar:
- 30 ta belgigacha bo‘lishi kerak;
- faqat lotin yoki faqat kirill alifbosidagi harflar ishlatilishi lozim;
- bosh harf faqat so‘zlarning boshida qo‘llanishi mumkin;
- so‘zlar o‘rtasida “-” yoki “’” dan boshqa maxsus belgilar bo‘lmasligi kerak;
- haqoratli so‘zlar va chalkashlikka olib keladigan iboralar, masalan, «administrator» yoki «yordam xizmati» kabi so‘zlar ishlatilmasligi lozim.
Avatar #
Avatarda quyidagilar taqiqlanadi:
- 18 yoshdan oshganlar uchun mo‘ljallangan suratlar,
- shiorlar,
- LGBT ramzlari,
- fashist ramzlari,
- harbiy manzaralar,
- QR-kodlar,
- aloqa ma’lumotlari va reklama yozuvlari,
- halok bo‘lgan insonlar tasvirlari,
- yalang‘och insonlar tasvirlari.
Profil yoki fikr-mulohazani berkitish #
Fikr-mulohazani qaytarish #
Yashirin fikr-mulohazani qaytarish uchun Мои отзывы («Mening fikr-mulohazalarim») bo‘limida Показать («Ko‘rsatish») tugmasini bosing.
![](https://cdn.ozone.ru/s3/ozon-disk-api/techdoc/common/images/my-settings/social-profile/show-in-profile_1722350750.png)