Parol quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- joriy va eski paroldan farqli bo‘lishi;
- kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi;
- katta va kichik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi;
- faqat lotin alifbosidagi harflardan tashkil topishi.
Hisob qaydnomasining nomi yoki mavjud so‘zga asoslanib parol yaratmang.
Ishonchli parol yaratamiz #
Quyida keltirilgan misollardan o‘zingizning shaxsiy parolingiz sifatida foydalanmang.
- Parol yaratishda tasodifiy harf, raqam va belgilar to‘plamidan foydalanishga harakat qiling. Parol qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Shunda jinoyatchilar sizning hisobingizni buzishi qiyinroq bo‘ladi.
- Unikal parol yaratish uchun jumladan barcha unli harflarni olib tashlang. Masalan, «MhtMlnkPtchk» - «muha eto malenkaya ptichka» iborasidan olingan.
- Sevimli qo‘shig‘ingiz yoki yaxshi biladigan iborangizning birinchi harflaridan qisqartma yarating. Masalan, «tmkynckvpcdcns» - «temniy mrachniy koridor, ya na cipochkah kak vor, probirayus chut disha, chotbi ne spugnut» jumlasidan olingan.
- Ba’zi harflarni bosh harflarga aylantiring, raqamlar va belgilarni, shu jumladan tinish belgilarini qo‘shing. Masalan, «!MhtMlnkPtchk_20» yoki «*TmkYnckvPcdCns99!».
- Parolni har bir necha oyda o‘zgartirib turing. Shunday qilib, ehtimoliy ma’lumot sizib chiqishining oldini olasiz.
- Bir xil paroldan bir nechta hisob qaydnomalari uchun foydalanmang. Agar xakerlar bitta saytni buzsa, ular olingan parollarni boshqa saytlar va ilovalarga kirish uchun ishlatishga urinishadi.